1991 - 2017-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari 11-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 25-mavzu XX asr oxiriga kelib Lotin Amerikasi mintaqasida 34 ta mustaqil davlat va bir necha qaram hududlar mavjud edi. Asr oxiriga kelib mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning neoliberal modeli oldingi o'ringa chiqdi. Aslida bu model Augusto Pinochet davrida Chilida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. Augusto Pinochet Mintaqada birinchi bo'lib neoliberal islohotlar yo'liga kirgan Meksikada 1994-yil dekabrda moliyaviy-iqtisodiy inqiroz boshlandi. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol og'irlashdi. Milliy valuta - peso keskin tushib ketdi, amalda milliy moliya tizimi izdan chiqdi, 20 ming korxona xonavayron bo'ldi, mamlakat YIMi keskin tushib ketdi. Meksika pesosi 1990-yillari «neoliberal islohot yutuqlarining namoyishi» bo'lgan Argentina iqtisodiyoti qattiq zarar ko'rdi. 2001-yili Argentinada defolt e'lon qilinishi jahon tarixidagi eng yirik bankrot holati bo'lib, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi neoliberal tajribalarga nuqta qo'ydi XX asrning 90-yillarida Kolumbiyada qurollangan so'l radikal harakat avj olib, ularning qo'shinlari mamlakat hududining 40% ini nazorat qilardi. 1992-yili Peruda ham «Oydin yo'l» qo'zg'olonchiterrorchilik tashkiloti faollashdi. 1994-yili Meksikada hindularning ommaviy qo'zg'oloni boshlandi. XX asr oxiri - XXI asr boshlarida mintaqadagi mamlakatlar siyosiy hayotining boshqa bir xarakterli jihati kommunistik partiyalarning o'z mavqeyini yo'qotishi bo'ldi. 1959-yilgi inqilobdan so'ng o'ziga xos kommunistik siyosiy rejim shakllangan Kubada ham shunday jarayonlar yuz berdi. Sotsialistik tizim barbod bo'lgandan so'ng Kuba tashqi moddiy-texnik va moliyaviy yordamdan mahrum bo'ldi. XXI asr boshlarida Lotin Amerikasi mamlakatlarida integratsiyalashuv jarayonlari kuchaydi. Bu jarayonlarning asosiy yo'nalishi mintaqaviy erkin savdo zonalarini tuzish bo'ldi. 2008-yildan mintaqadagi eng yirik uchta davlat - Braziliya, Meksika va Argentina G-20 («Katta yigirmalik») obro'li klubiga a'zo bo'lsa-da, jahon siyosatida hali katta rol ...

Joylangan
04 Aug 2022 | 12:40:25
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.31 MB
Ko'rishlar soni
426 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 Aug 2022 [ 12:40 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.31 MB
Ko'rishlar soni
426 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:06 ]
Arxiv ichida: pptx