11-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. 1991 - 2017 yillarda Rossiya federatsiyasi

11-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. 1991 - 2017 yillarda Rossiya federatsiyasi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. 1991 - 2017 yillarda Rossiya federatsiyasi - rasmi

Material tavsifi

Rossiya Federatsiyasi Rossiya, Rossiya Federatsiyasi (RF) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shim.da joylashgan davlat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R. hududi 3 okean havzasiga qarashli 12 dengiz, jumladan, Boltiq, Qora va Azov (Atlantika okeani), Barens, Oq, Kara, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka (Shim. Muz okeani), Bering , Oxota, Yapon dengizlari (Tinch okean), shuningdek, hech bir okeanga tutashmagan Kaspiy dengizi bilan o'ralgan. Mayd. 17,1 mln. km2. Axrlisi 145,3 mln. kishi (2002). Poytaxti - Moskva sh. Ma'muriy jihatdan 89 subyekt: 21 Respublika [Adigeya, Boshqirdiston, Buryatiya, Dog'iston, Ingushiya, KabardaBalka riya, Kareliya, Komi, Mariy El, Mordoviya, Oltoy, Saxa (Yakutiya), Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Haqasiya, Checheniston, Chuvashiya, Shim. Osetiya, Qalmoq, QorachoyCherkasiya], 6 o'lka (Krasnodar, Krasnoyarsk, Oltoy, Primorye, Stavropol, Xabarovsk), 49 viloyat (Amur, Arxangelsk, Astraxon, Belgorod, Bryansk, Vladimir, Volgograd, Vologda, Voronej, Ivanovo, Irkutsk, Kaliningrad, Kaluga, Kamchatka, Kemerovo, Kirov, Kostroma, Kurgan, Kursk, Leningrad, Lipetsk, Magadan, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod, Novgorod, Novosibirsk, Omsk, Orenburg , Oryol, Penza, Perm, Pskov, Rostov, Ryazan, Samara, Saratov, Saxalin, Sverdlovsk, Smolensk, Tambov, Tver, Tomsk, Tula, Tyumen, Ulyanovsk, Chelyabinsk, Chita, Yaroslavl), 2 federal shahar (Moskva, Sankt-Peterburg), 1 muxtor viloyat (Yahudiylar), 10 muxtor okrug [Aga Buryatlari, KomiPermyaklar, Koryaklar, Nenetslar, Taymir (DolganNenets), UstOrdinskiy Buryatlari, XantiMansi, Chukotka, Evenklar, YamalNenets]ga bo'linadi. R.da 1091 shahar, 1922 shaharcha bor. 200 y. Markaziy, Shim. G'arbiy, Jan., Volga bo'yi, Ural, Sibir, uzoq, sharq, federal okruglari tashkil etildi. Davlat tuzumi[tahrir] R. - boshqarishning Respublika shakliga ega bo'lgan demokratik federativ Respublika. Amaldagi Konstitutsiyasi 1993 y. 12 dek.da qabul qilingan. Davlat boshlig'i - prezident (200 y.dan V. V. Putin), u umumiy, teng va to'g'ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo'li bilan R. fuqarolari tomonidan 4 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi - 2 palata (Federatsiya Kengashi va Davlat dumasi)dan iborat Federal majlis (parlament). Ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini Davlat dumasi bilan kelishgan holda prezident tayinlaydi. Tabiati[tahrir] R. hududi meridian bo'ylab 2,5-4 ming km ga, g'arbdan sharqqa 9 ming km ga cho'zilgan. Mamlakatning eng g'arbiy nuqtasi Polsha bilan bo'lgan chegarada (Kaliningrad viloyati), sharqiy nuqtasi Bering bo'g'ozidagi Ratmanov o.da, chekka jan. nuqtasi Ozarbayjon bilan bo'lgan chegarada, chekka shim. nuqtasi FransIosif Yeri arxipelagidagi Rudolf o.da, R. hududining 45% o'rmon, 4% suv, 13% q.x.ga yarokli yerlar, 19% bug'u yaylovlari, 19% boshqa yerlardir. Relyefi. R. maydonining qariyb 70% tekislik. G'arbda Sharqiy Yevropa(yoki Rossiya) tekisligi joylashgan. Unda bal. 250-400 m li Valday, O'rta Rossiya, Volgabo'yi, BugulmaBelebey, Yuqori Kama va b. qirlar OkaDon, Kaspiybo'yi va b. payettekisliklar bilan tutash. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.82 MB
Ko'rishlar soni 415 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 18:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.82 MB
Ko'rishlar soni 415 marta
Ko'chirishlar soni 39 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga