11-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida demokratik inqiloblar va sotsialistik lagerning parchalanishi

11-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida demokratik inqiloblar va sotsialistik lagerning parchalanishi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Jahon tarixi dars ishlanma. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida demokratik inqiloblar va sotsialistik lagerning parchalanishi - rasmi

Material tavsifi

Sharqiy Yevropamamlakatlarida demokratik inqiloblar va sotsialistik lagerning parchalanishi 11-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 2-mavzu Sotsialistik tuzumning parchalanishi. Polshada aholining mamlakatdagi sotsialistik tuzumdan norozilik namoyishlari 1988-yildan boshlab kuchayib bordi va ular siyosiy islohotlarni, Lex Valensa boshchiligidagi «Birdamlik» kasaba uyushmasining erkin faoliyat yuritish huquqini talab qildi. Lex Valensa 1989-yili bo'lib o'tgan saylovlar hukmron Polsha birlashgan ishchi partiyasining (PBIP) obro'yi tushib ketganligi, ayni paytda, muxolifatdagi «Birdamlik» kasaba uyushmasining ommalashib borayotganini ko'rsatdi. Yangi tarkibdagi parlament konstitutsiyaga o'zgarish kiritib, Polshani demokratik huquqiy davlat deb e'lon qildi. PBIP o'z faoliyatini to'xtatdi. 1990-yili navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Lex Valensa g'alaba qozondi. 1989-yil dekabrda Timishoara shahrida aholining N. Chaushesku rejimiga qarshi tinch namoyishi Ruminiya maxfiy xizmati xodimlari tomonidan o'qqa tutilishi mamlakat bo'ylab qo'zg'olonning boshlanishiga olib keldi. N. Chaushesku Qo'zg'olon N. Chaushesku va uning rafiqasini sud qilish, sudning hukmiga ko'ra otib tashlash jarayoni bilan tugadi. Qo'zg'olonda mingdan ortiq kishi halok bo'ldi. N. Chaushesku va uning rafiqasi Hokimiyat qo'zg'olon kunlari tashkil qilingan Milliy qutqarish fronti qo'liga o'tdi Qo'mita raisi bo'lgan Ion Iliyesku 1990-yilgi saylovlarda mamlakat prezidenti etib saylandi Ion Iliyesku 1990-yil sentabr oyida Moskvada ikki nemis davlatini bitta - Germaniya Federativ Respublikasiga birlashtirish to'g'risida shartnoma imzolandi. Sharqiy Yevropadavlatlari rivojlanishning iqtisodiy va siyosiy yo'nalishi qilib YevropaIttifoqini tanladi. Sharqiy Yevropaning ko'pchilik davlatlari NATOga a'zo bo'ldi. Oltita Respublikadan tashkil topgan Yugoslaviya Federativ Respublikasida sotsialistik tuzumning qulashi millatchi va ayirmachi kuchlarning faollashuvi uchun imkoniyat yaratdi. Oqibatda 1991 - 1992-yillari Yugoslaviya davlati tarqalib ketdi. Faqat Serbiya va Chernogoriya federatsiyada qoldi. Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina hamda Makedoniya mustaqil davlatlarga aylandi. 1990-yildan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.89 MB
Ko'rishlar soni 285 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.89 MB
Ko'rishlar soni 285 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga