11-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 1-mavzu XX asr oxiri - xxi asr boshlarida xalqaro munosabatlar XX asrning 90-yillari oxirida xalqaro munosabatlar. Ikkinchi jahon urushidan so'ng jahondagi kuchlar nisbatini belgilab kelgan kapitalistik va sotsialistik harbiy-siyosiy bloklar o'rtasidagi qarama-qarshilik 1990-yillarda barham topdi. 1990-yillar boshlarida xalqaro munosabatlar tizimida tub burilish yuz berdi. Sobiq sotsialistik lager mamlakatlaridagi qiyinchiliklar, Germaniyaning birlashishi va G'arb davlatlaridagi integratsiyalashuv jarayonlari XX asr oxiri - XXI asr boshlaridagi xalqaro munosabatlarning muhim omiliga aylandi. Shuningdek, Hindiston va Pokistonning yadro quroliga ega bo'lish uchun qilgan intilishlari shu mintaqadagi ziddiyatlarni kuchaytirdi. Sobiq SSR va Yugoslaviya hududlaridagi muammolardan tashqari Yaqin Sharqdagi holat ham tangligicha qoldi. SSR va Yugoslaviya 1990-yillar oxirida Tropik va Janubiy Afrikaning bir qator mamlakatlari qonli urushlar, davlat to'ntarishlari, partizanlik harakatlari maydoniga aylandi. Dunyoning turli mintaqalaridagi siyosiy beqarorlik yangidan yangi mojarolarni keltirib chiqardi. XXI asr boshlaridagi xalqaro munosabatlar. XXI asr boshlariga kelib jahonda yangi qudratli davlatlarning paydo bo'lishi va ularning muqobil markazlarga aylanish jarayoni ko'zga tashlanib qoldi. Xitoy va Braziliyaning jadal rivojlanishi ularni «uchinchi dunyo» mamlakatlari qatoridan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning kuchli o'nligiga va jahon siyosatining yetakchilari qatoriga olib chiqdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 19-sentabrda BMTning 72-sessiyasida so'zlagan nutqi ko'pqutbli dunyo shakllanishi va globallashuv jarayonida O'zbekistonning o'rnini belgilab berishga qaratildi. Ikki yetakchi yadroviy davlat - AQSH va Rossiya o'rtasidagi murakkab munosabat jahon jamoatchiligi oldida turgan bir qator dolzarb muammolarni hal qilishga xalaqit bermoqda. xalqaro munosabatlardagi o'zgarishlar XXI asrda xalqaro xavfsizlik va hamkorlikka asoslangan yangi dunyo tartibini o'rnatish g'oyasining ilgari surilishiga olib keldi. «Sovuq urush» yakunlangandan so'ng xalqaro unosabatlarda, avvalo AQSH ...

Joylangan
04 Aug 2022 | 12:40:25
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.68 MB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
04 Aug 2022 [ 12:40 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.68 MB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: pptx