11-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi

11-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi 11-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 13-mavzu 1992-yili O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida qonun qabul qilinishi va unga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, 2015-yilda yangi tahriri tasdiqlanishi sport sohasining yanada rivojlanishiga xizmat qildi. Respublikada yuqori malakali sportchilarni tayyorlashga ixtisoslashtirilgan 536 ta bolalar-o'smirlar sport maktablari, 5 ta olimpiya zaxiralari kollejlari, 8 ta Respublika oliy sport mahorati maktablari faoliyat ko'rsatmoqda. Olimpiya zaxiralari kolleji O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017- yil 10-avgustda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorni imzoladi. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Unga muvofiq O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Toshkent viloyati Chirchiq shahriga ko'chirildi. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 2017-2018-o'quv yilidan boshlab ta'limning sirtqi bo'limi tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil martdagi farmoniga muvofiq, O'zbekistonda Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi tashkil etildi. Uch bosqichli sport o'yinlari. 200-yildan boshlab oliy o'quv yurtlari talabalari o'rtasida Universiada, o'rta maxsus kasb-hunar kollejlari talabalari o'rtasida Barkamol avlod, umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida Umid nihollari sport musobaqalarining uyushtirilishi muhim ahamiyatga ega voqealardir. Tennis bo'yicha Iroda To'laganovaning, boks bo'yicha Ruslan Chagayev, Artur Grigoryan va Muhammadqodir Abdullayevlarning dunyo sport arenalaridagi yutuqlari O'zbekiston sportchilarining dastlabki natijalari edi. Kurash. 1992-yildayoq Termiz va Shahrisabz shaharlarida milliy kurash bo'yicha ilk xalqaro musobaqa o'tkazildi. 1992-yilda O'zbekistonda kurash federatsiyasi, 2001-yilda belbog'li kurash federatsiyasi tuzildi. 200-yilda esa Turkiyaning Anqara shahrida kurash bo'yicha 2-jahon chempionati bo'lib o'tdi. Kurash bo'yicha xalqaro turnir Olimpiada. 1993-yilning sentabrida xalqaro Olimpiya Qo'mitasining 101-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo'mitasi to'la-to'kis tan olindi. Toshkentda 1996-yil avgustda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.65 MB
Ko'rishlar soni 233 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.65 MB
Ko'rishlar soni 233 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga