O'zbekistonda ilm-fan 11-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 12-mavzu Mustaqillikning dastlabki yillarida ilm-fan. Avvalo, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil martdagi farmoni bilan ilmiy kadrlar tayyorlanishini tashkil etuvchi vakolatli organ - Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etildi. Oliy attestatsiya komissiyasi Prezidentning 1992-yil iyuldagi Ilm-fanni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to'g'risidagi farmoni asosida Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga tajriba orttirishga yuborilishi yo'lga qo'yildi. 1997-yil Xorazm Ma'mun akademiyasi qayta tiklanib, O'zbekiston Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo'linmasi sifatida tashkil etildi. 200-yili Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo'lyozmalar fondi dunyoning eng boy qo'lyozmalar xazinasidan biri sifatida YuNESKO madaniy merosi ro'yxatiga kiritildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil avgustdagi Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi tashkil etildi 2008-yildan buyon Toshkentda innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi o'tkazib kelinmoqda. 2008-2015-yillar davomida o'tkazilgan I-VII yarmarkalar doirasida jami 400 dan ortiq ishlanmalar taqdim etildi. Arxeologiya fani sohasida ham ma'lum siljishlar bo'ldi. 2002-yildan O'zbekistonda arxeologik tadqiqotlar yillik to'plami, 2010-yildan esa O'zbekiston Arxeologiyasi ilmiy jurnali chop etila boshlandi. Ilm-fan va ta'lim integratsiyasi. O'zbekiston fani va ta'limi integratsiyasini ta'minlash borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon 2012-yilga qadar Fanlar akademiyasi tizimida ilmiy-o'quv markazlari tashkil etilishi orqali amalga oshirildi. 2012-yildan esa oliy ta'lim tizimida ilmiy sektor rivojini ta'minlash maqsadida Fanlar akademiyasining 5 ta ilmiy tadqiqot instituti, 4 ta mintaqaviy ilmiy markazlari ilmiy bo'linma tarzida qayta tashkil etildi. Fanlar akademiyasi tuzilmalarini qisqartirish hamda akademik fan va ta'lim integratsiyasini kuchaytirish maqsadida 2014-yilda 2 ta institut va 1 ta bo'linma oliy ta'lim muassasalari ...

Joylangan
06 Aug 2022 | 19:45:55
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.32 MB
Ko'rishlar soni
253 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:07
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
06 Aug 2022 [ 19:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.32 MB
Ko'rishlar soni
253 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: ppt