O'zbekistonda madaniyat va san'at 11-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 16-mavzu Ma'naviyat maskanlari. Teatr. Mustaqillik yillarida madaniy hayotda ham tub o'zgarishlar yuz berdi. Bu, avvalo, teatr san'ati rivojlanishida yaqqol sezila boshladi, yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 2015-yilning oktabrida rekonstruksiya qilingan Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatrining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston davlat akademik katta teatri 1993-yilning sentabrida Turkiston saroyi ish boshladi. 2009-yilda O'zbekiston xalqaro forumlar saroyi, 2011-yilda Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasidan tashkil topgan Ma'rifat markazi majmuasi maskanlari ochildi. Simpoziumlar saroyi 2001-yil O'zbek davlat akademik drama teatriga Prezident farmoni bilan Milliy teatr maqomi berildi. Milliy teatr Bu borada O'zbekiston Yoshlar teatri, Ilhom teatri va Qashqadaryodagi Eski masjid teatr-studiyasi faollik ko'rsatdi. 2018-yil O'zbekiston Mudofaa vazirligi huzurida ilk bor harbiy teatr-studiya - «Turon» tashkil etildi. Mazkur teatr nafaqat harbiylar va ularning oilalari, balki barcha uchun xizmat ko'rsatadi. 2017-2021-yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasida teatr va tomosha maskanlarini, madaniy-ma'rifiy tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy- texnika bazasini mustahkamlash belgilab qo'yildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risidagi qarori qabul qilindi. Musiqa va raqs san'ati. Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni rivojlantirish ishlariga ham e'tibor qaratildi. 1996-yil O'zbeknavo gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. O'zbekiston ashula va raqs ansambli O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 1997-yil Mukarrama Turg'unboyeva nomidagi O'zbekraqs milliy raqs birlashmasi hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yildagi qarori bilan har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahrida Sharq taronalari xalqaro musiqa festivali o'tkazila ...

Joylangan
06 Aug 2022 | 19:45:55
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.18 MB
Ko'rishlar soni
296 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
06 Aug 2022 [ 19:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.18 MB
Ko'rishlar soni
296 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: pptx