11-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligi

11-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorligi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o'zaro hamkorligi 11-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 18-mavzu Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikning yo'lga qo'yilishi. O'zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo'nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar - Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan do'stlik, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. 1993-yilning yanvarida Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi tashkil etildi. Oliy darajadagi bu uchrashuvda Markaziy Osiyo Hamdo'stligiga asos solindi. Besh davlat - Qirg'iziston, Qozog'iston, O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston rahbarlari Hamdo'stlik haqidagi bitimga imzo chekishdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1993-yil Qozog'iston Respublikasining Qizil O'rda shahrida, 1995-yil yana Nukus shahrida Orol dengizi muammosiga bag'ishlangan uchrashuvlar o'tkazdilar. 199-yil Turkmanistonning Ashxobod shahrida Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasining majlisi bo'lib o'tdi. 2018-yil mart oyida esa Tojikistonda oliy darajadagi uchrashuv amalga oshirildi. O'zbekiston - Qozog'iston. 1992 yil iyun oyida O'zbekiston Respublikasi bilan Qozog'iston Respublikasi o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi shartnoma imzolandi 2017-yil sentabrda Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi. Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni El-yurt hurmati ordeni bilan taqdirladi. O'zbekiston - Qirg'iziston. 1992 yil O'zbekistonning Qirg'iziston bilan ikki tomonlama hamkorlik do'stlik, o'zaro yordam haqida shartnoma imzoladilar. 2017-yil dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi ga binoan Qirg'iziston Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Sooranbay Jeenbekov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. O'zbekiston - Tojikiston. 2017-yil may oyida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tgan AQSH va arabmusulmon davlatlari sammitida ishtiroki doirasida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ilk bor uchrashdi. Arab-musulmon mamlakatlari va AQSH sammiti. 2017-yil. Ar-Riyod 2017-yilning aprelida 25 yillik tanaffusdan so'ng Dushanbe va Toshkent ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.57 MB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.57 MB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga