O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining shakllanishi va uning ustuvor yo'nalishlari Подзаголовок 11-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 17-mavzu O'zbekistonning geosiyosiy holati. O'zbekiston Respublikasi o'ziga xos geografik tuzilishi bilan Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida alohida ajralib turadi. Mustaqil O'zbekistonning qulay geosiyosiy imkoniyatlari quyidagicha: uzoq o'tmishdan Sharq va G'arb o'rtasidagi qadimgi savdo-sotiq, madaniy-ilmiy va diplomatik aloqalar yo'li bo'lgan Buyuk Ipak yo'li O'zbekiston hududidan o'tgan. O'zbekiston bugungi kunda qo'shni davlatlar - Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg'oniston o'rtasida bog'lovchi halqa vazifasini o'tab kelmoqda. O'zbekiston Respublikasining yerostida amaldagi Mendeleyev davriy tizimining barcha elementlari mavjud. O'zbekiston Respublikasiga qiyinchiliklar tug'diruvchi quyidagi omillar mavjud: O'zbekiston Fors ko'rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Tarim havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazida joylashgan. O'zbekiston mintaqadagi etnik murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag'batlantirilib kelinayotgan, ichki mojarolar hali ham tugatilmagan Afg'oniston kabi davlat bilan chegaradoshdir. O'zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz portlaridan eng uzoqda joylashgan mamlakat hisoblanadi. Mustaqil O'zbekistonning, umuman, hamma daryolari hamda respublika hududini kesib o'tadigan, uzunligi 150 va undan ko'p kilometrli daryolar 50 tadan oshgan bo'lishiga qaramasdan, uning suv resurslari cheklangan va ekologik muammolari ham bor. O'zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosati asoslarining ishlab chiqilishi. Hozirda xalqaro hamjamiyat mustaqil O'zbekiston diplomatiyasining dastlabki qadamlari, Markaziy Osiyodagi mavqeyi, mintaqa xavfsizligini ta'minlashdagi o'rni alohida ekanini tan olmoqda. Istiqlol yillarida mamlakatimiz 133 davlat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o'rnatgan, Toshkentda 45 ta xorijiy davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsullik, 11 ta xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda. 1996-yil O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to'g'risidagi ...

Joylangan
06 Aug 2022 | 19:45:55
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.43 MB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
06 Aug 2022 [ 19:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.43 MB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: pptx