11-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 11-mavzu Oliy ta'lim va undan keyingi ta'limning ALLPPT. Free PowerPoint Templates, Diagrams and Charts takomillashtirilishi Oliy ta'lim tizimi. 1992-yil martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon Davlat universiteti, Buxoro Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti tashkil qilindi. Toshkent davlat elektrotexnika va aloqa texnikumi institutga aylantirildi. 1993-yil talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. 1992-yil dastlab Respublikamizning 6 ta oliy ta'lim muassasasida test sinovi asosida o'qishga qabul qilish tajribadan o'tkazilgan edi. 1993-yilda esa 46 ta oliy ta'lim muassasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari o'tkazildi. 1994-yil Davlat test markazi tashkil etilib, shu yildan boshlab oliy ta'lim muassasalariga test orqali qabul joriy etildi. 1996-yildan ta'lim olishda kontrakt-shartnoma to'lovi joriy etildi. 1997-yilgi Ta'lim to'g'risidagi qonunga muvofiq, 5 yillik oliy ta'limdan 4 yillik bakalavriat va 2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki pog'onali tizimga o'tildi. Shuningdek, Mamlakat Prezidentining 2013-yildagi Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risidagi qaroriga muvofiq yuridik institut universitet maqomida qayta tashkil etildi, 2014-yildagi qarori asosida Toshkent davlat stomatologiya instituti ta'sis qilindi. Oliy ta'limda xalqaro hamkorlik. Mustaqillik yillarida oliy ta'lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda bir qator chet el universitetlarining filiallari ochildi. Buyuk Britaniyaning xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahrida O'zbekistonda Italiyaning Turin politexnika universiteti filiallari ish boshladi. Shuningdek, Toshkentda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi ham o'zbek yoshlariga o'z ta'lim sirlarini o'rgatmoqdalar. Turin politexnika universiteti filial Harakatlar Strategiyasida ta'lim va o'qitish sifatini baholashning xalqaro standartlariga o'tishda oliy ta'lim muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirishdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Oliy ta'limdan keyingi ...

Joylangan
06 Aug 2022 | 19:45:55
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.21 MB
Ko'rishlar soni
242 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
06 Aug 2022 [ 19:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.21 MB
Ko'rishlar soni
242 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: pptx