Umumiy va o'rta maxsus ta'lim tizimi 11-sinf O'zbekiston tarixi fani darsligi asosida 10-mavzu Mustaqillikning dastlabki yillarida ta'lim tizimi. Madaniy-ma'naviy rivojlanishning eng muhim poydevori - ta'lim tizimidir. Chunki zamon talablariga javob beradigan, ilg'or fan-texnika, texnologiya yutuqlarini egallab olgan kadrlarni yetishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo'lmaydi. Maktab binosi. 1991-200-yillar. O'zbekistonda 1992-yil 2-iyulda Ta'lim to'g'risidagi qonun qabul qilindi. 1992-yildagi qonun asosida umumiy ta'lim quyidagi bosqichlar bo'yicha amalga oshirila boshlandi I bosqich - boshlang'ich ta'lim (1-4-sinf); II bosqich - asosiy (tayanch) maktab (4-9-sinf); II bosqich - yuqori o'rta maktab (10-11-sinf); Mustaqillikning dastlabki yillarida 10 mingdan ortiq xalq ta'limi xodimiga davlat uylari, 22 mingdan ortiq xodimga esa tashkilot va muassasalar tasarrufidagi uylar bepul xususiylashtirilib berildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori bilan 1-oktabr - O'qituvchilar va murabbiylar kuni deb belgilandi hamda bu kun bayram sifatida dam olish kuni deb e'lon qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O'zbekistonda ta'lim sohasidagi siyosat 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan Ta'lim to'g'risidagi yangi tahrirdagi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o'z aksini topdi. 1996-1997-o'quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o'qish lotin alifbosida olib borildi. Yangi alifboda o'qitish uchun zarur dastur, qo'llanma va darsliklar yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi. I bosqich - 1997-2001-yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan huquqiy-me'yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shartsharoitlar yaratildi. II bosqich - 2001-2005-yillarni o'z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. II bosqich - 2005-yildan bugungi kungacha. Bu bosqichda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi natijasida erishilgan natijalar, to'plangan tajribalar umumlashtirilib, shu asosda yurtimizda ta'lim tizimi takomillashtirilib borildi. O'rta-maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimining tashkil etilishi. ...

Joylangan
06 Aug 2022 | 19:45:55
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.73 MB
Ko'rishlar soni
239 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
06 Aug 2022 [ 19:45 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.73 MB
Ko'rishlar soni
239 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: pptx