8-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 24-mavzu XIX asrning 70-yillarigacha bo'lgan davrda Buyuk Britaniya Sanoatning rivojlanishi. Bu davrda Buyuk Britaniyada sanoat gurkirab rivojlandi. To'qimachilik, metallurgiya, mashinasozlik, kon sanoati yetakchi o'rinni egalladi. Sanoat taraqqiyoti transportning yangi turi paydo bo'lishini zaruratga aylantirib qo'ydi. Buning aks sadosi o'laroq, 1825- yilda Buyuk Britaniyada dunyoda birinchi temiryo'l qurildi. Temiryo'l qurilishining boshlanishi, o'z navbatida, cho'yan, temir va po'latga bo'lgan ehtiyojni oshirib yubordi. Sanoatning yangi tarmog'i - parovozsozlik paydo bo'ldi. Bu esa qudratli savdo va harbiy dengiz floti yaratishga imkon berdi. Mamlakatda sanoat ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi ro'y berdi. Jahon tarixida birinchi marta mamlakat iqtisodiyotida yetakchilik qishloq xo'jaligidan sanoatga o'tdi. Buyuk Britaniya dunyoning birinchi industrial davlati bo'lib qoldi. Sanoat to'ntarishining tugallanishi. XIX asrning 60-yillari oxirlarigacha bo'lgan davrda sanoatning gurkirab rivojlanishi va ilm- fan taraqqiyoti yangi bir hodisa - sanoat to'ntarishi tugallanishining ro'y berishiga olib keldi. Buyuk Britaniyada esa bu hodisa XIX asrning 50- yillarida yuz berdi. Sanoatda bug' mashinasi asosiy kuch bo'lib qoldi. Toshko'mir yoqilg'ining eng muhim turiga aylandi. Bug' mashinasi Parlament islohoti. Buyuk Britaniya parlamenti 1825- yilda ish tashlashda qatnashishni taqiqlovchi qonun qabul qildi. Bu qonun ishchilar o'rtasida keskin norozilik keltirib chiqargan. 9 yoshgacha bo'lgan bolalar mehnati esa taqiqlandi. 1832- yilgi islohotdan so'ng saylangan yangi parlament 1833- yilda 13 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun 8 soatlik ish vaqti belgiladi. 1832- yilgi parlament islohoti mamlakatda saylov huquqi uchun kurashni batamom to'xtata olmadi. 1836- yilda London shahrida ishchilarning «Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi Assotsiatsiyasi» tuzildi. 1867- yilda ikkinchi parlament islohoti o'tkazildi. Unga ko'ra, shaharlarda o'z uyiga ega bo'lgan hamda alohida ...

Joylangan
06 Aug 2022 | 19:51:18
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.96 MB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
06 Aug 2022 [ 19:51 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.96 MB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: pptx