Antik tarixning boshlanishi 6-sinf Tarix fani darsligi asosida 23-mavzu Bolqon yarimoroli va O'rtayer dengizi orollaridgi qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi Qadimgi Yunoniston deb atalgan. Yunoniston hududining uchdan bir qismini tog'lar egallagan. Yunonistonning eng baland tog'i Olimpdir. Bu tog' mamlakatning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Olimp tog'i Yunonistonning shimolida va Peloponnesda yunonlar uchun nihoyatda qadrli bo'lgan ninabargli o'rmonlar o'sgan. Yunonlar qadim zamonlardan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanishgan. Dehqonchilik mehnat quroli esa omoch bo'lgan. Qo'y-echkilarni boqib ko'paytirishgan. Miloddan avvalgi 2- mingyillikda ilk shahar-davlatlar vujudga kela boshladi, jumladan: Knoss, Miken, Tirinf, Pilos. Knoss shahri Miken shahri Mil. avv. 2- mingyillikda Krit orolida sivilizatsiya vujudga keladi. Afsonaviy podsho Minos nomi bilan uni Minoy sivilizatsiyasi deb atashgan. Miloddan avvalgi 1450-yillarda qit'adagi Yunoniston hududidan jangovar qabilalar bostirib kiradi, ularni axeylar deyishgan. Mil. avv. 1200-yilda doriylar janubiy Yunonistonga bostirib kiradilar va Miken davlatini yakson qilib, Sparta davlatiga asos soladilar. Sparta davlati Egey dengizidagi ko'p sonli katta-kichik orollar, qulay dengiz qirg'oqlari va qo'ltig'lari yunonlar orasida dengizchilik rivoj topishiga imkon yaratib berdi. Biroq yunonlarda katta kemalar bo'lmagan, kichik eshkakli qayiqlarda esa sohildan yiroqqa so'zib boorish ancha xatarli bo'lgan. Tajribali dengizchilar esa yelkanlardan foydalanib olis sayohatlarga - Misrga hamda O'rtayer va Qora dengiz sohillaridagi shaharlarga so'zib borishgan. Yunonlar odamlar yashaydigan hududlarni Oykumena deb atashgan. Savol va topshiriqlar 1. Xaritadan Qadimgi Yunoniston va Krit oroli hududlarini ko'rsating. Mamlakatning geografik o'rnini tavsiflang. 2. Qadimgi Yunonistonda ilk sivilizatsiya qayerda vujudga keldi? Nima uchun u zavolga yuz tutdi? 3. Qadimgi Yunoniston geografik o'rnining o'ziga xosligi nimada? 4. Qanday geografik shart-sharoitlar qadimgi yunonlarning xo'jalik mashg'ulotiga ta'sir o'tkazadi? ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:36:12
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.44 MB
Ko'rishlar soni
321 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.44 MB
Ko'rishlar soni
321 marta
Ko'chirishlar soni
49 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:11 ]
Arxiv ichida: pptx