Bobil podsholigi 6-sinf Tarix fani darsligi asosida 13-mavzu Miloddan avvalgi II-mingyillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi. Bobil so'zining o'zi esa «xudolar darvozasi» degan ma'noni anglatadi. Bobil shahrida ajoyib saroylar, muhtasham ibodat xonalar bo'lgan. Bobil davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va savdo-sotiq rivojlangan. Bobilning bosh ko'chasi g'alaba ilohasi Ishtar darvozasidan boshlangan. Iloha Ishtar nomidagi darvozaning nAQSHlari Miloddan avvalgi XVII asrda (mil. avv. 1792-1750-yillar) Bobil podshosi Xammurapi butun Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo'ladi. Xammurapi Xammurapi hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylanadi. Xammurapi tarixda qonun tuzuvchi hukmdor sifatida nom qoldirgan. Xammurapi qonunlari nomigagina podshoning qarori bo'lmasdan, xudolar xohish irodasi sifatida talqin etilgan, shuning uchun ham ularni so'zsiz og'ishmasdan bajarish talab qilinardi. Navuxodonosor II hukmronligi davrida Yangi Bobil podsholigi o'z ravnaqining cho'qqisiga erishadi. Navuxodonosor II Bu hukmdor Misrni Yangi Bobil podsholigiga qo'shib oladi, Iyerusalim (Quddus)ni vayron qilib tashlaydi, Bobilni esa mustahkam qal'aga aylantiradi. Qadimgi forslar lashkari mil. avv. 539-yilda Bobilga bostirib kiradi. Forslar shahrni zabt etadilar. Shu paytdan boshlab Yangi Bobil podsholigi Fors davlati tarkibiga kiradi. Shumer va Akkad Bobil madaniyatining eng qadimiy o'choqlari edi. Jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri bo'lmish Shumer mixxati dastavval «suv», «quyosh» va boshqa alohida so'zlarni anglatgan rasmlardan iborat bo'lgan. Shumerlar sanoq tizimi quyosh va oy taqvimlarini ham yaratdilar. Quyosh yili davomiyligi shumerliklar tomonidan 365 kun, oy yili esa 354 kun etib belgilangan. Mil. avv. 3- mingyillikdayoq Mesopotamiyada turli-tuman dori-darmonlarni tayyorlash bo'yicha dasturilamal tuzilgan. Savol va topshiriqlar 1. Xaritadan Bobil podsholigi va uning poytaxtini toping. 2. Nima uchun Bobil shahrini xudolar darvozasi deb atashgan? ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:36:12
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.93 MB
Ko'rishlar soni
336 marta
Ko'chirishlar soni
84 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.93 MB
Ko'rishlar soni
336 marta
Ko'chirishlar soni
84 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:11 ]
Arxiv ichida: pptx