Hindiston sivilizatsiyasi 6-sinf Tarix fani darsligi asosida 16-mavzu Hindiston mamlakati shu nomdagi yarimorol hamda Osiyo qit'asining Hind va Gang daryolari vodiylaridagi bir qismini egallagan. Gang vodiysidagi tropik o'rmonlar ulkan daraxtlar va rang-barang o'simliklarga boy bo'lgan. Miloddan avvalgi 3- mingyillikda Hind daryosi vodiysida katta shaharlar vujudga kela boshladi. Moxenjodaro va Xarappa shaharlari Hind daryosi havzasining eng yirik shaharlari edi. Xarappa shaharlari Katta va chiroyli shahar - Moxenjodaro aholisi mohir hunarmandlar bo'lgan. Aholisining asosiy mashg'uloti dehqonchilik va chorvachilik bo'lgan. Miloddan avvalgi 1500-yillarda Hindiston hududiga istilochilar bostirib kiradi. Qadimgi hindlar xuddi misrliklar va bobilliklar singari tabiatning ko'pdan ko'p hodisalari qarshisida ojiz edilar: tropic jalalar, suv toshqinlari qurg'oqchilikdan qo'rqardilar. Hindlar tasavvurida tabiatni xudolar boshqarayotgandek tuyulardi. Qadimgi hind rivoyatlarida aytilishicha, Quyosh xudosi har tongda oltin aravada osmon bo'ylab yo'lga tushadi. Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur etishgan. Ganesha -donishmandlik xudosi Masalan, ular sig'ingan xudolardan biri, boshi filnikiga o'xshagan donishmandlik xudosi Ganesha bo'lgan. Sigir muqaddas hayvon hisoblanib, sigirni o'ldirgan kimsa jinoyatchi deb e'lon qilingan: bunday kishi jamiyatdan haydab yuborilar, hech kim u bilan muloqot qilishga haqli bo'lmagan. Qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shug'ullanishiga qarab to'rt guruhga ajratilgan edi. savdogarlar - vayshilar xizmatkorlar va qullar - shudralar. Bu tabaqalar kasta yoki varna deb atalgan, jumladan: kohinlar - braxmanlar (hind ruhoniylari), jangchilar - kshatriylar, dehqon, hunarmandlar Hindlarning e'tiqodicha, tabaqalardan har birini oliy xudo Braxma o'z jisminign qaysidir bir qismidan dunyoga keltirgan ekan. Savol va topshiriqlar 1. Xaritadan Hindistonni toping. Hindiston geografik o'rning xususiyatlari haqida so'zlab bering. 2. Hindiston jamiyati qaysi tabaqalarga bo'lingan? 3. Aholini tabaqalarga ajratish kimlarga ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:36:12
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.44 MB
Ko'rishlar soni
270 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.44 MB
Ko'rishlar soni
270 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:11 ]
Arxiv ichida: pptx