Italiya va uning aholisi 6-sinf Tarix fani darsligi asosida 45-mavzu Apennin yarimorolida iqlim iliq bo'lib, yil bo'yi o'rtacha yomg'ir yog'ar edi. Yarimorolni to'liq egallagan Italiyada qurg'oqchilik ham, qattiq sovuq ham bo'lmasdi. Rimliklarning qadimiy manzilgohi Ular orasida lotinlar, samniylar va sabinlar ko'pchilikni tashkil etib, mil. avv. I-mingyilikning boshlaridan Italiyaning turli tumanlarida joylashganlar. Qadim zamonlardan boshlab Apennin yarimorolida turli xil qabilalar yashagan. Liqurlar Italiyaning qadimgi qabilalaridan biri bo'lib, chorvachilik bilan shug'ullanganlar. Italiya so'zining o'zi esa yunonchadan buzoqchalar o'lkasi tarzida tarjima qilinadi. Mil. avv. VII-VI asrlarda Italiya sohillarida koloniyalarga asos solgan yunonlar bu mamlakatda sigirlarni o'tlatish uchun ajoyib o'tloqlarni topganlar. Italiyaning shimoli-g'arbiy qismida etrusklar yashagan. Ularning asosiy mashg'uloti dehqonchilik bo'lgan. Mil. avv. VII asrda etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzishadi. Mil. avv. VII asrda ular Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalari bilan kurash boshladilar. Afrikaning shimoliy sohilida joylashgan Finikiya koloniyasi Karfagen shahar davlati ham ularga qo'shildi. Rim shahri Tibr daryosi bo'yidagi dehqonchilik manzilgohlaridan boshlangan. Tibr bo'ylab joylashgan kichik manzilgohlar birlashib, kata shaharga aylandi. Rivoyatga qaraganda, miloddan avvalgi 753- yilda Rim shahriga aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solingan. Rem va Romulni topib olgan Ona bo'ri tasviri Dunyoga kelganlaridan so'ng chaqaloqlarni savatga solib, Tibr daryosi bo'yiga tashlab ketadilar. Daryo bo'yida ularni ona bo'ri topib olib, emizadi va boqadi. Keyin aka-ukalarni bir cho'pon topib olib tarbiyalaydi. Miloddan avvalgi VI asrda Rim katta shaharga aylanadi. Kapitoliy tepaligida dushmanlardan himoyalanish uchun qal'a bunyod etiladi. Miloddan avvalgi 509-yilga qadar shu taxlit davom etdi. Laqabi Mag'rur Tarkviniy degan kishi mamlakatga saylab qo'yilgan hukmdorni o'ldirib, hokimiyatni egallab ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:36:12
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.99 MB
Ko'rishlar soni
285 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.99 MB
Ko'rishlar soni
285 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:11 ]
Arxiv ichida: pptx