6-sinf Tarix fanidan Miloddan avvalgi III–milodiy II asrlarda Xitoy dars taqdimot

6-sinf Tarix fanidan Miloddan avvalgi III–milodiy II asrlarda Xitoy dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Tarix fanidan Miloddan avvalgi III–milodiy II asrlarda Xitoy dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

6-sinf Tarix fani darsligi asosida 19-mavzu Miloddan avvalgi II-milodiy II asrlarda Xitoy Xitoyni yagona davlatga birlashtirish jarayoniga Xitoy davlatlaridan biri - Sin davlati hukmdori boshchilik qiladi. Sin Shixuandi - markazlashgan Xitoy hukmdori Sin davlati hukmdori raqiblarini tor-mor etib, Xitoyni o'z hokimyati ostida birlashtirdi. Shundan keyin u Sin Shixuandi (miloddan avvalgi 246 - 210-yillar) nomini qabul qilgan, bu nom «Sinning birinchi hukmdori» degan ma'noni bildiradi. Sin Shixuandi hali ko'zi tirikligidayoq o'ziga atab maqbara qurishga farmon bergandi. Maqbarani 720 ming odam 37 yil mobaynida bunyod etgan. Sin Shixuandi qabridan hukmdorni «qo'riqlash» uchun o'rnatilgan 6 mingta sopol askarlar haykallari topilgan. Buyuk Xitoy devori Sin Shixuandi hukmronligi davrida Xitoyda ko'chmanchi xunnlarning ahyon- ahyondagi hujumlaridan himoyalanish uchun Buyuk devorni bunyod etish boshlab yuborildi. Devorning balandligi 12 metr, kengligi 5 metr, uzunligi esa qariyb 400 kilometrni tashkil etadi. U qadim zamonlarda dushman qo'shinlari uchun jiddiy to'siq bo'lib xizmat qilgan qilgan. Mil. avv. 206-yilda Sin sulolasiga qarshi dehqonlar qo'zg'oloni alangalanib ketdi. Qo'zg'olonchilar poytaxtni egallab oladilar. Unga Lyu Ban degan kishi boshchilik qilgan edi. Sharqning boshqa davlatlaridagi kabi Xitoyda ham mavjud yerlar hukmdorniki hisoblangan, aholi soliqlar to'lab, turli mehnat majburiyatlarini bajarishgan. Imperiya vayronalarida Xan sulolasi boshchiligida yangi davlat barpo etildi. Bu sulola davlati U-Di hukmronligi davrida (mil. avv. 140-87-yillar) eng qudratli davlatga aylanib, mil. 220-yilga qadar mavjud bo'lgan. Xan sulolasining hukmdori - U-Di Qadimgi Xitoyda butun boshli so'zlarni ifodalagan iyeroglif yozuvi mavjud bo'lgan. Avvaliga xitoyliklar bambukka yozishgan. Bundan 2,5 ming yil muqaddam bambuk o'rnida shoyidan foydalanishga o'tildi. Shoyi matolariga mo'yqalam bilan yozilgan. Endi kitob uzun shoyi parchasiga o'xshab, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.37 MB
Ko'rishlar soni 253 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:11 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.37 MB
Ko'rishlar soni 253 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga