Misr va qo'shni xalqlar
Misr va qo'shni xalqlar 6-sinf Tarix fani darsligi asosida 7-mavzu Misr janubdan Nubiya bilan chegaradosh bo'lgan. Bu mamlakatga misrliklar Nil bo'ylab oltin, smola (qatron), fel suyagi, nodir navli yog'ochlarni ayirboshlash uchun borganlar. Misr g'arbida, Liviya cho'lida shu nomdagi mamlakat joylashgandi. Sahro aholisi ko'chmanchi chorvadorlar bo'lgan. Qadimgi podsholik davrida Sinay yarimoroli bosib olinadi, mahalliy qabilalar Misrga soliq to'lay boshlashdi. Fir'avnlar Nubiya va Liviyaga ham yurish qilib, shaharlarni talaydilar, asirlar, chorva mollari va boshqa boyliklarni egallab oldi. O'rta podsholik fir'avnlari janubiy falastin yerlari va Nubiya shimolini Misrga qo'shib olishga muyassar bo'ldilar. Qadimgi Misr Jangchilarining sopoldan yasalgan haykallari Miloddan avvalgi XVII asr oxirida ko'chmanchi giksoslar qabilalari Misrga hujum qildi. Misrliklarning piyoda qo'shinlaridan farqli o'laroq giksoslarning asosiy kuchi otlar qo'shilgan jangovar aravalari bo'lgan. Bosqinchilar zulmidan xalos bo'lish taraddudiga tushib qolgan «nom»lar hukmdorlari Fiva shahri atrofiga birlasha boshlashdi. Bir necha yurishlardan keyin fir'avnlar deyarli butun Nubiyani Misrga qo'shib olishdi, Liviya qabilalarini o'lpon to'lashga majbur qildilar. Miloddan avvalgi 1500-yillar atrofida fir'avn Tutmos II katta yurishlar tashkillashtirishga muyassar bo'ldi. Fir'avn Tutmos II Falastin va Suriyani istilo qilish boshlandi, bir necha yil davom etgan yurishlarda erksevar qabilalarni uzil-kesil bo'y so'ndirib bo'lmadi. Faqatgina fir'avn Tutmos II Falastinni bosib olishga muvaffaq bo'ldi. Misr fir'avnlari bir necha yil mahalliy qabilalar bilan urushdilar. Bu narsa fir'avnlar sillasini quritdi, davlat zaiflashib qoldi. Forslardan ulkan lashkar to'plagan shahanshoh Kir II ning o'g'li Kambiz II miloddan avvalgi 525- yilda Misrni bosib oldi. Savol va topshiriqlar 1. Qadimgi Misrga qo'shni bo'lgan davlatlarni sanab bering va ularni xaritadan ko'rsating. 2. Qadimgi Misr fir'avnlari qaysi mamlakatlarni bosib olgan ...