6-sinf Tarix fanidan Nil vodiysi va uning aholisi dars taqdimot

6-sinf Tarix fanidan Nil vodiysi va uning aholisi dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Tarix fanidan Nil vodiysi va uning aholisi dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Nil vodiysi va uning aholisi 6-sinf Tarix fani darsligi asosida 6 - mavzu O'zi bilan birga huzurbahsh salqin havo va mo'l-ko'l hosilni olib kelguvchi sersuv Nil viqor bilan oqadi. Ulug'vor daryo Afrika shimoli-sharqida sivilizatsiya vujudga kelishi uhun zamin yaratgan. Bir qancha shoxobchalarga bo'linib oquvchi Nil daryosi borib-borib O'rtayer dengiziga quyiladi. Nil daryosi quyilish joyini yunonlar delta deb atashgan, chunki dengizga quyiluvchi shoxobchalarning to'la-to'kis manzarasi uchburchaksimon, ya'ni yunoncha delta harfiga o'xshash bo'lgan. Nil vodiysi - har ikkala qirg'oq bo'ylab 3 km dan 22 kilometrgacha kenglikdagi va 6 ming kilometr uzunlikdagi sug'oriladigan yerlardir. Misrlik dehqonlar bug'doy va arpa, shuningdek, poliz ekinlarini ekishgan, yetishtirilgan kanopdan esa gazlama to'qishgan. Nil vodiysida uzum, qovun, anor, xurmo va sabzavotlar yetishtirilardi. Misr dehqonlari yerga urug' sochish va hosilni yig'ishtirib olish ishlarini g'ayriodatiy muddatda o'tkazishgan. Qadimgi Misr hunarmandlarining 30 dan ziyod kasb-korlari bo'lgan. Misgarlar misni eritib, undan mehnat qurollari quyishardi. Kulollar loydan turli-tuman idish-tovoqlar yasab, idishlarni xumdonda pishirishgan. Quruvchilar saroylar, ibodatxonalar va uylar bunyod etishgan. Oddiy misrliklarning uyi loy suvalgan papirus poyalaridan oddiy zodagonlarning uylari esa oftobda quritilgan xom g'ishtdan qurilgan. Fir'avnlarning saroylari va ibodatxonalar toshdan barpo etilgan. Misrda ikkita podsho hukmdorlik qilgan. Bittasi Quyi (Shimoliy) Misrda, boshqasi esa Yuqori (Janubiy) Misrda davlatni boshqargan. Mil. avv. 300-yilda ikkala davlat o'rtasida boshlangan urushda Yuqori Misr hukmdori Menes g'alaba qozondi. Misr hukmdori Menes U birlashgan mamlakatning birinchi hukmdori - bo'ldi. Yagona va birlashgan davlat uchun yangi poytaxt bo'lmish Memfis shahri barpo etildi. Savol va topshiriqlar 1. Nega Misrliklar o'z mamlakatini Nil in'omi deya ta'riflashgan? 2. Qadimgi Misrning tabiiy sharoiti nima ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.96 MB
Ko'rishlar soni 318 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:11 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.96 MB
Ko'rishlar soni 318 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga