O'rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari 6-sinf Tarix fani darsligi asosida 35- 36 mavzu Miloddan avvalgi VI asrning o'rtalarida Ahamoniylar sulolasidan bo'lgan qadimgi Fors shohlari jahonning barcha yirik mamlakatlari va shaharlarini o'z tarkibiga olgan saltanatni barpo etishga harakat qila boshladilar. Kir II O'rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko'rgan dastlabki fors podshosi bo'lgan. Kir II Mil. avv. 545 va 540- yillar oralig'ida u Parfiya va Baqtriyani bosib oldi. Mil. avv. 530-yilda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurishga otlandi. Miloddan avvalgi 522-yilda Ahamoniylar sulolasi vakillaridan biri Doro I taxtga o'tirdi. U miloddan avvalgi 522 - 486-yillarda hukmronlik qilgan. Satraplarning ko'pchiligi Ahamoniylar sulolasi vakillari bo'lgan. O'rta Osiyoning forslar bosib olgan uch satraplikka bo'linadi. Har bir satraplik yillik soliq to'lagan. Doro I va uning vorisi Kserks hukmronligi davrida (miloddan avvalgi 486-465-yillar) bosib olingan viloyatlardagi O'rta Osiyo xalqlari yunon-fors urushlarida ham qatnashadilar. Mashhur Marafon jangida (miloddan avvalgi 490- yil) fors qo'shinlari markazida bo'lgan saklar muvaffaqiyatli urushgan. O'rta Osiyo xalqlari ustidan Ahamoniylar hukmronligi 200 yildan ko'proq davom etdi. Faqat mil. avv. IV asrda saklar, xorazmiylar va massagetlar Ahamoniylar davlati tarkibidan chiqib, mustaqil bo'ldilar. O'rta Osiyo xalqlarining hunarmandchilik, zargarlik, tikuvchilik, kulolchilik va binokorlik sohalarida yuksak darajaga erishganlaridan dalolat beradi. Manbalarda oltin, kumush, la'l firuza ma'danlari qazib olingani, mis va temir eritilgani, kulolchilik rivojlangani, O'rta Osiyoning Sharq mamlakatlari bilan bog'langan qadimiy karvon yo'llarida olib borilgan savdo-sotiq ishlari to'g'risida xabar beriladi. Miloddan avvalgi V-IV asrlarda O'rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan. Zargarlik san'atining yuksak darajada rivoj topganiga bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanayotgan, 1877- yilda Amudaryo ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:36:12
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.06 MB
Ko'rishlar soni
348 marta
Ko'chirishlar soni
85 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.06 MB
Ko'rishlar soni
348 marta
Ko'chirishlar soni
85 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:11 ]
Arxiv ichida: pptx