6-sinf Tarix fanidan dars ishlanma. O'zbekiston hududida ilk davlatlar

6-sinf Tarix fanidan dars ishlanma. O'zbekiston hududida ilk davlatlar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Tarix fanidan dars ishlanma. O'zbekiston hududida ilk davlatlar - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston hududidagi ilk davlatlar dars ishlanma va dars taqdimot

Sinf: 6-A Darsning mavzusi: O'zbekiston hududidagi ilk davlatlar Darsning maqsadi: Ta'limiy - o'quvchilarga qadimgi aholining etnik tarkibi va hududiy joylashuvi haqida ma'lumot berish; Tarbiyaviy - o'quvchilarga yurtimiz hududidagi eng qadimgi aholi haqida tushuncha berish; Rivojlantiruvchi - o'quvchilarni mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash; Darsning usuli - Aralash, aqliy hujum, panaramma; Darsning turi - yangi bilim, ko'nikma va malaka hosil qilish. Darsning jihozi -Tarix 6-sinf uchun darslik, Qadimgi dunyo tarixi asari, mavzuga oid ko'rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar Asosiy tushunchalar - saka- tigraxauda, saka- tiay-taradarayya, saka- xaumovarka; Darsning borishi. I. tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so'rash. II. O'tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) II.Yangi mavzu. O'zbekiston hududidagi ilk davlatlar Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O'zbekiston hududida so'g'diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massagetelatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi ko'plab aholi istiqomat qilgan. So'g'd - Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida, Xorazm - Amudaryoning quyi qismida, Baqtriya -Surxondaryo vodiysi, shimoliy Afg'oniston va janubiy Tojikiston hududlarida joylashgan. Amudaryoning quyi oqimida yashagan o'troq dehqon elatlari xorazmliklar bo'lgan. Cho'llar va Amudaryo bo'ylarida ko'chmanchi massaget qabilalari yashaganlar. Qadimgi yunon-rim tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch guruhga bolingan. Saka-tigra-xauda - o'tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar- hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog'iston yerlarida yashaganlar. Saka-tiay-taradarayya - daryoning narigi tomonida yashovchi saklar- Orol dengizi bo'ylarida, Sirdaryoning (bu daryoning qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida yashaganlar. Saka-xau-movarka - Pomirning tog'li tumanlarida va Farg'onada yashashgan. Xorazm, So'g'diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg'uloti o'sha vaqtda sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik edi. miloddan avvalgi IX-VII asrlarda O'zbekiston hududida ilk temir asriga otish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx, pdf
Fayl hajmi 4.91 MB
Ko'rishlar soni 397 marta
Ko'chirishlar soni 94 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:11 Arxiv ichida: pptx, docx, pdf
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx, pdf
Fayl hajmi 4.91 MB
Ko'rishlar soni 397 marta
Ko'chirishlar soni 94 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx, pdf
Tepaga