Olimlar va mutafakkirlar 6-sinf Tarix fani darsligi asosida 31- 32 mavzu Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni donishmandlar, hayot murabbiylari sifatida bilishgan. Yunon faylasuflari olam tuzilishi va inson hayoti ma'nosini tushuntirishga harakat qilishgan. Mashhur Yunon faylasufi Geraklit yer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan, deb uqtirgan. «Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas», «Hamma narsa oqadi, hamma narsa o'zgaruvchandir» degan mashhur hikmatlar unga teqishlidir. Gerakl Frakiya podshosi Diomedning yovvoyi otlarini bo'ysundirmoqda. Frakiyalik Demokrit degan faylasuf Geraklit fikriga e'tiroz bildirib, u bizni qurshab turgan hamma narsa ko'zga ko'rinmaydigan mayda-mayda atomlardan tashkil topgan degan ma'nodagi fikrni bayon etgan. Demokrit Yunon faylasufi Diogen «Insonda hech qanday ehtiyojlar bo'lmasligi shart» degan fikrni o'z ta'limotiga asos qilib oldi. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan Diogen bir bochkada kun kechirgan. Miloddan avvalgi V asrda yashagan Gerodot «Tarix» deb nomlangan kitob yozgan. Misr, Mesopotamiya va Shimoliy Qora dengizbo'yi koloniyalari bo'ylab sayohatini nihoyasiga yetkazganda Gerodotni hali Yunonistonda birov tanimas edi. Gerodot O'z vatandoshlarini «Yunon-fors urushlari to'g'risidagi tarix» asari bilan tanishtirganidan so'ng, u birdaniga mashhur kishiga aylanadi. Tirikligidayoq Gerodotga «tarixning otasi» degan unvon berilgan. Qadimgi yunon olimi Aristotel to'plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar sifatida ta'riflab berdi. Aristotelni Sharqda «Arastu» deya aytish keyinchalik odatga aylangan. Arastu (Aristotel) Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan yunon fizigi va matematigi Arximedning evrika (Topdim, topdim!) qiyqirig'ini takrorlab yurishadi. Arximed Yunonlar to'la ishonch bilan Arximed yorug'likni ko'zgo orqali jamlab, Sirakuza ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya qiladi. Afinalik mashhur faylasuf Sokrat (Sharqda keyinchalik «Suqrot» tarzida aytilgan o'zining dono hikmatlari tufayli ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:36:12
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.22 MB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.22 MB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:11 ]
Arxiv ichida: pptx