Qadimgi Misr dini 6-sinf Tarix fani darsligi asosida 8-mavzu Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas bir bo'lagi hisoblangan. Qadimgi misrliklar xudolar hayvonlar siymosiga o'tib olib, mushuk, qo'y, ho'kiz, arslon, sigir shaklida odamlar orasida yashaydi, deb hisoblashgan. Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa haykalida yashaydi deb o'ylashgan. Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisning o'z xudosi - Ptax bo'lgan. Ptax misrliklar e'tiqodicha, olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odam ga o'rgatgan. Misrliklar o'z xudolariga butunlay ishonishgan, har bir ishni bajarishga kirishishdan avval ulardan maslahat, madad yoki rozilik so'rashgan Mil. avv. 2-mingyillikdan boshlab esa Quyosh xudosi Amon-Ra fir'avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Quyosh xudosi - Amon-Ra Dastavval ikkita xudo bo'lgan: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra, so'ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan. Fir'avnlar Quyosh xudosi o'g'illaridir, hukmdorlar hamma ishni o'zining samoviy otasi amri bilan oshiradi, degan qarash mavjud bo'lgan. Xapi - Nil xudosi - Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni, Osiris - yerosti saltanati xudosi hisoblangan. Kohinlar diniy marosimlarni bilar, qurbonlik bag'ishlar edilar. Kundalik turmushda ham kohinlarsiz biron ish qilish mushkul edi. Kohinlar Nil toshqini vaqtini, qachon urug'lik sochish va hosilni yig'ishtirib olish muddatini aniq bilishgan. Barcha «nom»larda ibodatxonalar bo'lgan, fir'avnlar ularga katta-katta boylik va yerlar hadya etishardi. Asosiy xudolarga atab qurilgan ibodatxonalar katta-katta yer-mulklariga egalik qilar edi. Har birli zafarli bosqinchilik farli bosqinchilik yurishidan keyin fir'avnlar o'ljaning bir qismini ibodatxonalarga hadya etganlar. Savol va topshiriqlar 1. Misrliklarning hayvon timsolidagi xudolarga sig'inishi haqida 2. Nega Quyosh xudosi Misrning bosh xudosi hisoblangan? Qadimgi misrliklar dinining eng ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:36:12
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.69 MB
Ko'rishlar soni
299 marta
Ko'chirishlar soni
79 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.69 MB
Ko'rishlar soni
299 marta
Ko'chirishlar soni
79 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:11 ]
Arxiv ichida: pptx