6-sinf Tarix fanidan Rim respublikasining hayoti mavzusida dars ishlanma va dars taqdimot
Rim Respublikasining hayoti 6-sinf Tarix fani darsligi asosida 47-mavzu Davlatning hududi kengayib borgani sayin shaharlar ham ko'paydi. Rim shaharlari oldindan puxta ishlangan reja asosida barpo etilgan. Forum - Rimning markaziy maydoni Shaharlarda ko'plab chiroyli jamoat va turar joy binolari, ibodatxonalar, hammomlar, savdo rastalari va dorixonalar bo'lgan. Ko'pchilik odamlar 2-3 qavatli binolarda istiqomat qilgan. Rim bozorlarida katta tovar bo'lmish qullarga talab ko'p edi. Har bir shaharning qullar savdoga chiqariladigan bozori bo'lgan. Odamlar kiyib yuradigan liboslari ularning jamiyatdagi mavqeini bildirgan. Masalan o'g'il bolalar 14 yoshga to'lgunga qadar pushti yo'llik toga kiyishgan. Rimlik kiyimi - toga Kundalik hayotda rimliklar o'z xudolariga madad va homiylik istab murojaat etishardi. Xudolar uchun ulug'vor ibodatxonalar barpo etilgan. Merkuriy - savdo-sotiq xudosi Rimning bosh xudosi, osmon, momaqaldiroq va yashin podshosi Yupiter hisoblangan. Yupiter Rim davlatining homiysi, xalqlar va davlatlar taqdirini boshqarib turadi, deb hisoblangan. Yupiter - chaqmoq va momaqaldiroq xudosi Neptun dengiz xudosi, uyqu xudosi Morfey, ov xudosi Diana hisoblangan. Rimliklar Vulkanni olov va temirchilik xudosi deb hisoblashgan. Neptun - dengiz xudosi Uyqu xudosi Morfey Venera bahor va sevgi xudosi, Baxus may xudosi bo'lgan. Rimning odil sudlov ilohasi esa Yustitsiya hisoblangan. Bu iloha ko'zlari bog'langan ayol ko'rinishida tasvirlangan. Odil sudlov ilohasi esa Yustitsiya Rimning taqdir ilohasi esa Fortuna hisoblangan. Fortunani ko'pincha taqdirlar peshvosi sifatida, ba'zan esa taqdir qo'nimsizligi ramzi sifatida shar bilan birga tasvirlashgan. Fortuna - taqdir ilonasi Diniy marosimlar qat'i belgilangan qoidalar bo'yicha o'tkaziladi. Diniy marosimlar o'tkazilishi ustidan kohinlar - pontifiklar - Rim ruhoniylari qilishgan. Pontifiklar bayramlar taqvimi, marosimlar tantanalar tartibini tuzishardi. 5 nafardan 15 nafargacha ruhoniylar ...