6-sinf Tarix fanidan 'Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi' ko'rgazma

6-sinf Tarix fanidan 'Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Tarix fanidan 'Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi 6-sinf Tarix fani darsligi asosida 28-mavzu Yunonlar bir-birlari bilan urushayotgan paytda Makedoniya podshosi Filipp II Elladani bosib olish maqsadida jang taktikasini takomillashtirdi va qo'shin yig'di. Filipp II Uning qo'shinlari suvoriylar va piyodalardan tashkil topgan. Piyoda qo'shinlar 16 qatordan iborat falangada sarflanardi. Yunonlar, Filipp II tartib o'rnatadi va polislar o'rtasida tinchlikni barqarorlashtiradi, deb umid qilar edi. Faqat mashhur notiq Demosfen Ellada shaharlarini kezib, ularning aholisini birlashish va makedonlarga qarshi kurashishga da'vat etadi. Demosfen Filipp II ni istilochi sifatida baholashni davom ettiradi va yunon davlatlari boshliqlarini dushmanga qarshi kurashish uchun hamjihat bo'lishga da'vat qiladi. Miloddan avvalgi 338- yil 2- avgustda yunonlar va makedonlarning asosiy kuchlari Xeroneya shahri yaqinidagi Beotiyada to'qnashadilar. Qo'shinlar son jihatdan teng edi. Ammo yunonlar qarshisida Makedoniyaning erkin fuqarolaridan tuzilgan yaxshi harbiy ta'lim ko'rgan lashkarlari turar edi. G'alaba qilayotganiga isxona boshlagan yunonlar ularni quvishga tushadilar. Yunonlarning qo'shinlari shunda ikki bo'lakka ajraladi. Ana shu bo'laklardan biriga Filipp II ning o'g'li Aleksandr qo'mondonlik qilayotgan suvoriy qo'shinlar qAQSHatqich zarba beradi. Yunon qo'shinlari chekina boshlaydi va tor-mor etiladi. «Yunonlar ozodligi Xeroneya ostonasida halok bo'lganlar bilan birgalikda dafn qilindi», degan edi Demosfen. Filipp II yunonlar bilan birlashib, forslarga qarshi ittifoq tuzadi. U o'zini birlashgan qo'shinlar bosh qo'mondoni deb e'lon qiladi. Miloddan avvalgi 337-yilda Spartadan tashqari barcha yunon shahar-davlatlarining vakillari qorinfga yig'ildilar va Makedoniya hokimiyati ostida yunon davlatlari ittifoqini tuzdilar. Biroq Fillip II forslarga qarshi yurishini amalga oshira olmadi. U miloddan avvalgi 336-yilda a'yonlari tomonidan xoinlarcha o'ldirilgan. Savol va topshiriqlar 1. Sizningcha, nima uchun yunonlar o'z mamlakati mustaqilligini saqlab qola olmadilar? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.93 MB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:11 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.93 MB
Ko'rishlar soni 224 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga