Afrika xalqlari o'rta asrlarda 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 43-mavzu Afrika aholisi va xo'jaligi. Aholining aksari qismi I ming yillik oxiriga qadar tashqi dunyodan ajralgan holda yashagan. Qit'aning tropik o'rmonlarida, sahrolarda ovchi va terimchi qabilalar joylashgan. Afrikaning Misrdan boshqa hududlarida yashagan ba'zi dehqonlar ildizmevali ekinlarni yetishtirganlar. Savanna hududlarida yerda unumdor tuprog'i bo'lgan joylarga moslashgan temir tishli chopqilar bilan ishlov berilgan. Afrika davlatlari. Gana. Afrikaning Sharqida Misr, Arabiston va Hindiston bilan savdo aloqalari ta'sirida qadim zamonlardan Nubiya va Aksum (hozirgi Efiopiya) davlatlari tashkil topgan edi. Gananing daromad manbalaridan biri savdodan keladigan boj to'lovlari edi. Gana podshosi va zodagonlari oltin va tuz savdosidan katta foyda olgan. Podshoning kuchli qo'shini bo'lib, undagi 200 ming Askarning deyarli 40 mingini kamonchilar, ma'lum qismini esa otliq jangchilar tashkil etgan. Marokash sultoni Abu Bakr 1076-yilda katta qo'shin bilan Ganani istilo qilib, uni talagan. Mali davlati. Mali davlat sifatida VII asrda vujudga keladi. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida XII asrda Mali o'z taraqqiyotining cho'qqisiga erishadi. Mali davlat Muso I 1324-yilda Makkaga haj safari uyushtiradi. Muso I o'zi bilan safarga ko'p oltin olib yo'lda ularni saxiylik bilan tarqatib boradi. Hukmdorga 8 ming jangchi va 500 ta qul hamroh bo'lib, bu katta karvon 10-12 tonna oltinni o'zi bilan olib ketgani taxmin qilinadi. Mali hukmdori Muso I Songai davlati. Gana va Malining shimoli-sharqidagi songai qabilalari yirik savdo markazlaridan biri Gao Atroflarida yashaganlar. 1 ming yillik boshlarida songailar tuzgan davlat birlashmasi dastlab Mali ta'sirida bo'ladi. Songai davlati XIV-XV asrlarda yuksalgan. U Niger daryosi havzasida o'z hukmronligini to'liq o'rnatadi. Mamlakatda yuz bergan o'zaro ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.95 MB
Ko'rishlar soni
191 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.95 MB
Ko'rishlar soni
191 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx