Amerika o'rta asrlarda 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 42-mavzu Xo'jalik taraqqiyoti. Olimlarning fikricha, Amerika qit'asiga dastlabki odamlar Shimoliy Osiyodan hozirgi Bering bo'g'ozi orqali buyuk muzlik davrida, bundan 40 ming yil avval o'ta boshlagan va bu jarayon uzoq davom etgan. Hindular hayotidan Bu qabilalarning asosiy qismi ovchilik va baliqchilik bilan shug'ullangan. Ammo Markaziy va Janubiy Amerikaning tog' va tog'oldi hududlarida dehqonchilik xo'jaligi vujudga kelib, keng taraqqiy etgan. Amerikaning katta qismida xonakilashtirilgan hayvonlar bo'lmagan. Ular uy hayvonlaridan shimolda itni, janubda tuyasimon - lamani boqishgan. Ot, sigir, qo'y va echkilar qit'aga keyinchalik Yevropadan olib kelingan. Tuyasimon - lama Mayyalar davlati. Markaziy Amerikaning Yukatan yarimorolida (hozirgi Meksika) qadimdan mayya xalqlari yashab kelgan. Milodiy I ming yillikda mayyalarda shahar- davlatlar vujudga keladi. Asteklar davlati. Markaziy Amerikaning hozirgi Meksika hududida joylashgan. Bu yerlarga shimoldan kelgan asteklar katta ko'l o'rtasidagi orollarda XII asrda Tenochtitlan shahriga asos soladilar, ular sun'iy to'g'onlar bunyod etishgan, ibodatxonalar va saroylar qurishgan. O'rta asrlardagi Tenochtitlan shahri Asteklarda yer taqchil bo'lganidan ko'l tagidan suv o'simliklari va unumdor loyni ko'tarib, sollarda «suzuvchi dalalar» ham yaratganlar. Bu o'ziga xos ekinzorlardan yiliga bir necha marta hosil olingan. Asteklar urug' jamoa bo'lib yashaganlar. Jamoa boshliqlari saylab qo'yilgan. Ekin maydonlari jamoa a'zolariga taqsimlab berilgan. Asteklar Inklar davlati. Kechua tillariga mansub inklar XII-XII asrlarda Urubamba daryosi havzasida Kusko shahriga asos soladilar. Janubiy Amerikaning And tog'lari yonbag'ridagi vohalarda inklar davlati vujudga kelgan. Kusko shahri Inklar boshqa qabilalar yerlarini bosib olib, And tog'laridan Tinch okeaniga qadar ulkan hududda o'z hokimiyatlarini o'rnatadilar. Inklar jangchilari Bu davlatni Oliy Inka boshqargan. U «Quyoshning o'g'li», uning ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.08 MB
Ko'rishlar soni
356 marta
Ko'chirishlar soni
100 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.08 MB
Ko'rishlar soni
356 marta
Ko'chirishlar soni
100 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx