Arab xalifaligi 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 11-mavzu Xalifalikning vujudga kelishi. Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin uning yaqin safdoshi Abu Bakr (632-634) xalifalikka («o'rinbosar»)saylanadi. Keyingi xalifa Umar (634-644) islom dunyosida o'zining saxiyligi, adolatparvarligi va din masalalarida qat'iyligi bilan shuhrat qozongan. Uning davrida arablar Falastin, Suriya, Misr va Liviyani, Eronning katta qismini istilo qilganlar. Arab xalifaligi jangchisi Usmon xalifaligi davrida (644-656) Eron to'liq bosib olingan. Arab qo'shinlari Dog'istonni egallab, Amudaryo sohillariga chiqadi. Usmon davrida Qur'on oyatlari to'planib yagona kitob holiga keltirilgan. Toshkentda saqlanayotgan xalifa Usmon Qur'oni So'nggi xalifa Ali (656-661) hukmronligi o'z raqiblari bilan to'xtovsiz urushlarda o'tadi. Xalifalik qo'shinlari VII asr boshlarida Shimoliy Afrikani to'liq bo'ysundiradi. Puate jangida 732-yilda franklar hukmdori Karl Mertell arablarni yengib, ularning Yevropaga yurishlariga Chek qo'yadi. 732-yil, Puate jangi Sharqda arablar Kavkazorti va O'rta Osiyoni bosib olib, aholini islom diniga kiritadilar. VII asrning birinchi yarmida ulkan hududlarni egallagan davlat - Arab xalifaligi tashkil topadi. Arab xalifaligi Arablarga qarshi xalq qo'zg'olonlari VII-IX asrlarda istilo qilingan mamlakatlarda qator xalq qo'zg'olonlari bo'lib o'tgan. Iroqning Kufa shahrida 685-687-yillarda bo'lgan qo'zg'olonda arab va forslar - shahar kambag'allari va hunarmandlar qatnashgan. Ozarbayjonda 815-yilda Bobak boshchiligidagi qo'zg'olon ham 20 yildan ortiq davom etadi. Movarounnahr markazi Sug'diyonada 769-783-yillarda Muqanna boshchiligida yirik xalq qo'zg'oloni bo'lib o'tgan. Bobak boshchiligidagi qo'zg'olon Xalifalikdan ajrab chiqqan birinchi mustaqil amirlik 756-yilda Ispaniyada tashkil topadi. U X asrdan Qurdoba (Kordova) amirligi nomini oladi. Qurdoba amirligi IX asrdan Misr, Eron, Movarounnahr va Xuroson mustaqillikka erishadi. Abbosiylar qo'lida Yaqin Sharq va Arabiston yarimoroli qoladi. Mo'g'ul xoni Xuloku 1258-yilda Bag'dodni egallagandan so'ng, Arab xalifaligi barham topadi. ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.91 MB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.91 MB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx