7-sinf Jahon tarixi Arabiston ilk o'rta asrlar boshida dars taqdimot

7-sinf Jahon tarixi Arabiston ilk o'rta asrlar boshida dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Jahon tarixi Arabiston ilk o'rta asrlar boshida dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Arabiston ilk o'rta asrlar boshida 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 10-mavzu Arabiston. Arab qabilalari Arabiston yarimoroli va unga tutash hududlarda yashaganlar. Bu xalqlar Qadimgi Sharqning mashhur davlatlari: Akkad, Bobil, Isroil podsholiklarini tashkil etgan. Ko'chmanchi arablar - badaviy (sahroyi)lar tuyachilik, qo'ychilik va yilqichilik bilan shug'ullanib kelganlar. Badaviylar cho'l va yaylovlarda mol boqib, ko'chib yurganlar. Arabistonning janubi va g'arbidagi o'troq dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi aholisi soy va jilg'alar, quduqlar bo'ylarida xurmo bog'lari va uzumzorlar barpo etganlar. Xuddi shu yerlardan Vizantiyadan janubga, Afrikaga va Hindistanga boradigan karvon yo'li o'tardi. Buyuk Ipak yo'li o'tgan mamlakatlarda notinchlik bo'lgan paytlarida karvon yo'llari Arabistonga siljirdi. Bu qo'rg'onlardan eng yirigi Makka shahri bo'lgan. Ko'chmanchilar mollarini shaharlarga keltirib, mahalliy aholidan don, gazlama, qurollarga ayirboshlaganlar. Arabistonning eng taraqqiy etgan viloyatlari - Yaman va Hijoz edi. Yaman yerlari unumdorligi bilan nom chiqargan. Qadimda Yaman shahri «Yaman» arabcha «haq», «baxtli» ma'nosini bildirgan. Rim tarixchilari Yamanni «Baxtli Arabiston» (Arabia felix) deb nomlaganlar. Yaman shahri Arablar e'tiqodi. Arablarning ko'pchiligi majusiy bo'lishgan. Ularning dinlari qo'shni semit xalqlari dinlari bilan ko'plab umumiylikka ega bo'lgan. Eron shohi Xisrav I Yamanni 570-yilda istilo qilishi bilan karvon yo'li eronliklarga qarashli Ikki daryo oralig'iga siljiydi. Eron shohi Xisrav I Makkadagi Ka'ba musulmonlarning asosiy ziyoratgohiga aylantiriladi. Muhammad (s.a.v.) arab qabilalarining o'zaro urushlariga chek qo'yib, islom dinini qabul qilishga chaqiradi. Makka. Ka'ba Bu paytda qo'shni Vizantiya va Eron kabi davlatlarda iqtisodiy tanglik, kuchli qo'shinning bo'lmasligi arablarga qo'l keladi. Islom tarixchilari uning asoschisi bo'lajak payg'ambar Muhammad alayhissalomni 570-yilda Makkada tavallud topganini yozadilar. 630-yilga kelib arablarning katta qismi musulmon bo'ladi. Makka - islom dinining markazi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.63 MB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.63 MB
Ko'rishlar soni 229 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga