Franklar imperiyasi 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 3-mavzu Xlodvigning o'g'illari davrida Frank qirolligi chegaralari ancha kengaygan. Lekin keyinchalik sulola vakillari orasida kelishmovchiliklar boshlanib, oxir-oqibat yangi sulola taxtga kelgan. Buyuk Karl. Karl sulola asoschisi Franklar qirolligini (800-yildan imperiyasini) 46 yil (768-814) boshqargan. Imperator Buyuk Karl Karl haqida ko'plab tarixiy asarlar, afsonalar, rivoyatlar va qo'shiqlar yaratilgan. Uning ismidan «korol», ya'ni «qirol» unvoni kelib chiqqan. Karl taxtga o'tirishi bilan istilochilik urushlarini olib borgan. Karl Italiya davlatiga qarshi 773-yilda urush boshlaydi. Urushda g'olib bo'lgan Karl Italiya yerlarini grafliklarga bo'lib, Frank qirolligiga qo'shib oladi. Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi 778-yilda Karlning yurishi muvaffaqiyatsiz tugaydi. Karlning jiyani graf Roland bu urushda halok bo'ladi. Graf Rolandning halok bo'lishi Sakslarga qarshi urushlar. Reyn daryosining o'ng sohilida yashagan saks qabilalariga qarshi urushlar 30 yildan ortiq (772-804) davom etadi. Bu urush Karl uchun ancha murakkab kechgan. Sakslar germanlarning Karlga bo'ysunmagan so'nggi yirik qabilasi bo'lgan. Karl sakslarni har qanday yo'l bilan xristian diniga o'tkazishga harakat qilgan. Uzoq kurashdan so'ng Karl sakslarni yangi dinga o'tkazishga erishgan. Buyuk Karlning Axendagi saroyi Rim papasi 800-yilning dekabrida Karlga imperatorlik tojini kiydiradi. Shu tariqa G'arbda yangidan imperiya paydo bo'ladi. Buyuk Karl davrida franklarda an'anaviy xalq lashkari o'rnida otliq ritsarlar qo'shini vujudga kelgan. Ritsar Ritsarlar (nemischa ritter - otliq) bo'linmalarida- faqat boy zamindorlar, ya'ni jangovar ot va qurol-aslahalar sotib olishga imkoniyati bo'lgan kishilar xizmat qilgan. Yevropahukmdorlari orasida katta hurmatga ega bo'lgan Karl saroyiga ko'plab elchilar kelib turishgan. Buyuk Karlning vafotidan ko'p o'tmay, u tuzgan imperiyaning inqirozi boshlanadi. Uning nabiralari davrida mamlakat parchalanib ketadi. Savol va ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.58 MB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.58 MB
Ko'rishlar soni
199 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx