Fransiyada markazlashgan davlatning tashkil topishi 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 22-mavzu Qirol hokimiyati. Avvalgi G'arbiy Frank qirolligi bir-biridan mustaqil katta-kichik o'nlab knyazliklarga bo'linib ketadi. Knyazliklar merosga qoldirilganida yana bo'linar, sulolaviy nikohlar natijasida qo'ldan qo'lga o'tardi. Normandiya, Burgundiya, Bretan, Akvitaniya gersoglarining har biri qirolga nisbatan ko'proq hudud va aholiga ega edilar. Normandiyadagi d'E qal'asi Qirol Lyudovik VI XII asr boshlaridan o'z domenida tartib o'rnatishga harakat qila boshlaydi. Qirol o'zboshimcha baronlar qal'alarini buzib, ularni bo'ysundiradi. U Burj va Sans shaharlarini o'z yer-mulkiga qo'shib oladi. Lyudovik VI Fransiyada X-XI asrlarda qishloq xo'jaligining, hunarmandchilik va savdoning o'sishi boshlanadi. XII asrdan boshlab yangi o'zlashtirilgan yerlarda dehqonlar qaramligi bekor qilinib, soliqlarning bir qismi pul bilan to'lanadigan bo'ladi. Fransiyada feodallar o'z yerlarini dehqonlarga merosiy ijaraga bera boshlaydilar. Bu tadbir dehqonning yerga munosabatini ijobiy tomonga o'zgartiradi. Parij Fransiyaning eng katta hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi bo'lib qoldi. Shaharlar yuksalishi bilan yangi ijtimoiy tabaqa - shaharliklar soni ko'paya boradi. Mamlakatni birlashtirish uchun kurash. Fransiya qiroli Filipp II Angliya qiroli Ioann bilan inglizlarning Normandiyadagi mulklari uchun kurash boshlaydi «Ingliz tojining marvaridi» hisoblangan Normandiya XII asr boshlarida qaytarib olinadi Filipp II Tez orada qirol mulklariga mamlakat janubidagi Tuluza grafligi ham qaytariladi. Natijada qirol Fransiyadagi eng kuchli feodalga aylanadi. Qirol mulklarining kengayishi umumdavlat boshqaruv tashkilotlari: Qirol kengashi, oliy sud va Moliya boshqarmasining tuzilishi bilan yakunlanadi. Lyudovik IX qirol yerlaridagi feodal urushlarini taqiqlaydi. Qirol zarb ettirgan oltin va kumush tangalar Fransiyaning barcha viloyatlarida o'tishi huquqi belgilanadi. Fransiya markazlashgan davlatga aylandi. Qirol hokimiyati mamlakatning butun hududini o'ziga bo'ysundirdi. Savol va topshiriqlar 1. Qaysi tadbir dehqonning ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.14 MB
Ko'rishlar soni
710 marta
Ko'chirishlar soni
303 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.14 MB
Ko'rishlar soni
710 marta
Ko'chirishlar soni
303 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx