General shtatlar 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 23-mavzu Filipp IV va Papa. Fransiyani markazlashtirishni davom ettirgan Filipp IV (1285-1314) o'z qirolligining boshlarida Shampan grafligi, Lion shahri va viloyatini qirol domeniga qo'shib oladi. Filipp IV Uning keyingi harakatlari mamlakatning shimolidagi yirik savdo-hunarmandchilik shaharlarini birlashtirgan Flandriyani egallashga qaratiladi. Yevropahukmdorlaridan Filipp IV birinchi bo'lib katta yer-mulklarga egalik qilayotgan cherkovdan soliq talab qiladi. Rim papasi Bonifatsiy VII (1294-1303) ruhoniylarga Fransiya qiroliga soliq to'lashni man etishdan tashqari, Filipp IV dan Flandriyaga qarshi urushni to'xtatishini talab qiladi. Bonifatsiy VII Fransiya qirolining Papa xohish-irodasiga bo'ysunmaganligiga javoban Bonifatsiy VII Filipp IV ning cherkovdan xoliligini tantanali e'lon qilish uchun tayyorgarlikka kirishadi. General shtatlar. Bunga javoban Fransiya qiroli 1302-yilda uch toifa vakillari: ruhoniylar, dvoryanlar va shaharliklarni chaqirib, ularga papa bilan mojaroni muhokama qilishni taklif etadi. Keng jamoatchilik ko'magiga tayangan Filipp IV papaga qarshi harakatni boshlab, to'liq g'alaba qozonadi. Fransiya arxiyepiskopi papalikka saylanadi. Uning davrida papa qarorgohi Rimdan Fransiyaning janubi - Avinon shahriga ko'chib o'tishiga qaror qilinadi. Avinondagi papa qarorgohi Avinon fransuz qiroli mulkiga kirmasa-da, albatta, uning bu yerdagi ta'siri katta edi. Papalarning Rimga qaytishi uchun qariyb 70 yil kerak bo'ldi. Bu yillar (1309-1377) Rim cherkovi tarixida «papalarning Avinon tutquni» nomini oladi. Filipp IV boshlagan «tampliyerlar ishi» ham Yevropada katta shov-shuvga sabab bo'ladi. 1307-yilda ordenning ko'pchilik a'zolari va buyuk magistri qamoqqa olinadi. Ordenning bitmas-tuganmas boyliklari haqidagi mish-mishlar ularning boshiga balo bo'ladi. «Avinon papa»sidan rozilik olib, tampliyerlarning mol-mulklari musodara qilina boshlanadi. Ko'plari qiynoqqa solinib, gulxanlarga tashlanadi. Buyuk magistr 1314-yilda o'limga mahkum etiladi. Shu tariqa XIV asrda Fransiyada toifaviy monarxiya, ya'ni toifa ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.21 MB
Ko'rishlar soni
261 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.21 MB
Ko'rishlar soni
261 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx