7-sinf Jahon tarixi 'Germaniya' ko'rgazma

7-sinf Jahon tarixi 'Germaniya' ko'rgazma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Jahon tarixi 'Germaniya' ko'rgazma - rasmi

Material tavsifi

Germaniya 7-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 28-mavzu Mamlakat xo'jaligi. Germaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o'sishi XII asrdan boshlanadi. O'rmonlar kesilib, botqoqlar quritilib ekinzorlarga aylantirila boshlanadi. Mehnat qurollarining takomillashuvi hosildorlikni oshiradi. Donli ekinlardan tashqari zig'ir yetishtirish, bog'dorchilik, uzumchilik rivojlanadi. Nemis hunarmandlari ishlab chiqargan movut, surp, metalldan yasalgan qurol-aslahalar, buyumlar boshqa o'lkalarda ham qadrlangan. Siyosiy taraqqiyot. Shtaufenlar sulolasining eng mashhur vakillaridan biri Fridrix I Barbarossa (1152-1190) edi. Dastlab Fridrix o'z istilolarini salib yurishlari tufayli boyib ketgan Italiya shaharlariga qaratadi. Fridrix I Barbarossa Fridrix II imperatorligining yigirma yilidan ko'pini Italiyada, Sitsiliya qirolligida o'tkazadi. Fridrix II devonxonasida lotin tilining nozik jihatlaridan foydalanib, maktublar, hujjatlar bitilganki, unga butun Yevropataqlid qilgan. Fridrix II 1176-yilda Lenyano jangida Liga qo'shini imperator ritsarlarini tor-mor qiladi. Fridrix I Shimoliy Italiya shaharlariga kommuna - erkinlik huquqini berishga majbur bo'ladi. Innokentiy II Germaniya siyosatiga o'z ta'sirini o'tkazgan Rim papasi bo'ldi. Innokentiy II Germaniyada yigirma yil davomida umuman imperator saylanmaydi. Knyazlar 1273-yilda to'planib Rudolf Gabsburgni taxtga o'tqazadilar. Rudolf Gabsburg Ammo Gabsburglarning dastlabki boshqaruvi uzoq davom yetmagan Lyuksemburglar sulolasiga qarshi kurash olib boradi. Gabsburglarning 369 yillik imperatorlik davri faqat 1437-yildan boshlanadi. German shaharlari. Nemis knyazlari, salibchi ritsarlarning Boltiq bo'yidagi istilolari Germaniyaning shimolidagi shaharlarning yuksalishiga yo'l ochadi. Bu shaharlar XIV asrning o'rtalariga kelib Ganza ittifoqiga birlashadilar. Bu ittifoq faqat iqtisodiy masalalar hamda savdo-sotiq bilangina shug'ullanib qolmasdan, XIV asrning 70-yillarida Shimoliy dengizda savdodagi raqobatchisi Daniya qiroliga jiddiy zarba beradi. Ganza ittifoqidan tashqari so'nggi o'rta asrlarda Germaniyaning boshqa qismidagi shaharlar ham yuksaladi. Dunay sohili bo'ylab joylashgan 90 ta shaharni birlashtirgan Shvabiya ittifoqi Italiya shaharlari bilan bevosita ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.35 MB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.35 MB
Ko'rishlar soni 226 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga