Keyingi salib yurishlari 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 21-mavzu To'rtinchi salib yurishlari (1202-1204). XII asr oxirida papa Innokentiy II yangi salib yurishlarini tashkil etishga kirishadi. Innokentiy II Salibchilar qo'shinni Venetsiya bilan dengiz orqali kemalarda Falastinga olib o'tishga kelishib, 85 ming kumush marka pul to'lashni zimmalariga oladilar. Salibchilarning Venetsiya savdogarlari bilan uchrashuvi To'rtinchi salib yurishi qatnashchilari hisoblangan ritsarlar qo'shini Konstantinopol devorlari ostiga kelib tushadi va 1204-yilda shaharga hujum boshlaydi. Salibchilarning Konstantinopolga kirib kelishi Yigirma minglik qo'shin yarim million aholisi bo'lgan shaharni egallashga muvaffaq bo'ladi. Konstantinopol asos solinganidan buyon ilk bor dushman o'ljasiga aylanadi. Lotin imperiyasi (1204-1261). Lotinlar (vizantiyaliklar salibchilarni shunday nomlaganlar) Vizantiya xarobalarida Lotin imperiyasi deb atalgan davlat tuziladi. Konstantinopol patriarxi taxtini katolik ruhoniysi egallaydi, dehqonlar ritsarlarga shaxsiy qaramlikka tushadilar. Vizantiyaning tiklanishi. Vizantiyaliklarning lotinlarni tez orada haydab yuborishga bo'lgan umidlari zoye kyetmagan. Bo'ysundirilgan aholi salibchilarni yoqtirmaganlar, lotinlar esa o'zaro kelisha olishmagan. Nikeya imperatori Mixail VII Paleolog 1261-yilning 15-avgustida Konstantinopolga tantanali kirib keladi. Shu tariqa Vizantiya imperiyasi tiklanadi. Endi Vizantiya dunyoning qudratli mamlakatidan unchalik katta bo'lmagan yunon davlatiga aylanadi. Mixail VII Paleolog Salib yurishlarining tugashi va oqibatlari. Fransiya qiroli Lyudovik IX ning 1269-1270-yillardagi sakkizinchi salib yurishlari so'nggisi bo'ladi. Ko'p o'tmay salibchilarning Sharqdagi mulklari birin-ketin musulmonlar qo'liga qaytadi. Lyudovik IX Salib yurishlari to'xtatilishining asosiy sababi XII asrning oxiridan G'arbiy Yevropamamlakatlarida boshlangan o'zgarishlar bo'ladi. Ishlab chiqarish kuchlari o'sadi. Qirol hokimiyatining kuchaya boshlashi va mamlakatni markazlashtirish siyosati ritsarlarga qirol qo'shinida xizmat qilish imkonini yaratadi. Salib yurishlari o'zining asosiy, ya'ni Sharqda kuchli xristian davlatini yaratish maqsadiga erisha olmaydi. Unda qatnashgan 100 minglab kishilar halok bo'lib, ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
5.4 MB
Ko'rishlar soni
322 marta
Ko'chirishlar soni
66 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
5.4 MB
Ko'rishlar soni
322 marta
Ko'chirishlar soni
66 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx, docx