O'rta asrlarda tovar ishlab chiqarishning yuksalishi. Bozor va yarmarkalar 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 16-mavzu Tovar xo'jaligining paydo bo'lishi Sexlar nazoratiga qaramasdan hunarmandlar savdo uchun tayyorlagan buyumlar soni ko'paygan. Natijada xom-ashyo va qishloq xo'jalik mahsulotlariga talab ham oshib borgan. Yirik shaharlar faqat atrofdagi viloyatlar bilangina emas, chet mamlakatlar bilan ham savdo aloqalarini o'rnatgan. Ilk o'rta asrlardagi natural xo'jalik o'z o'rnini tovar xo'jaligiga bo'shata boshlagan. Fransiyada qirol farmoniga binoan asosiy yo'llarga tosh yotqizila boshlangan. Daryolar ustida yog'och va toshdan ko'priklar qurish ishlari yo'lga qo'yilgan. Sharq mamlakatlari bilan savdo. Suriya, Misr, Eron va O'rta Osiyogacha borgan yevropalik savdogarlar Sharq bozorlaridan shoyi gazlamalar, zeb-ziynat buyumlari, ziravorlar xarid qilardilar. G'arb va Sharq mamlakatlari orasidagi aloqalarning yuksalishida Xitoydan boshlanib, O'rta Osiyodan o'tgan Buyuk Ipak yo'lining ahamiyati beqiyos edi. Venetsiyalik savdogarlar - Pololar oilasi vakillari XII asrda mo'g'ullar xonining Osiyoning ichkarisidagi qarorgohiga yetib boradi. Marko Polo 25 yil davom etgan sayohatining 17 yilini Xitoyni egallagan mo'g'ullar xoni Xubilay saroyida xizmatda o'tkazib, yevropaliklardan birinchi bo'lib bu sirli o'lkalarni o'z kitobida tavsiflaydi. Marko Polo Marko Poloning kitobidagi Sharq mamlakatlarining afsonaviy boyliklari 200 yildan so'ng Genuyalik dengizchi Xristofor Kolumbda shunchalik katta taassurot qoldiradiki, u nima bo'lganda ham Hindistonning boy sohillariga yetishga qaror qiladi. Banklar, yarmarkalar va birjalar Dastlabki banklar XIV-XV asrlarda Italiyaning yirik shaharlarida paydo bo'lgan. Dastlabki banklar Yarmarka - ulgurji savdo bo'ladigan, turli mamlakat savdogarlari qatnashadigan, mol sotish va ayirboshlash joyi nomi bo'lgan. Savdoning yuksalib borishi natijasida Yevropada turli mamlakatlar savdogarlari to'planib, pullarini almashtiradigan joylar - birjalar vujudga keladi. Birja Bryuggeda - 1409, Antverpenda - 1460, Lionda - ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.31 MB
Ko'rishlar soni
225 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.31 MB
Ko'rishlar soni
225 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx