O'rta asrlarda xristianlik 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 18-mavzu Dinning Yevropada tarqalishi. Xristian dini IV asrdan german qabilalari orasida ham tarqala boshlaydi. V asrning oxirida Franklar qiroli Xlodvig xristianlikni qabul qiladi. Angliya va Irlandiya monastirlaridan yetishib chiqqan serg'ayrat rohiblar Yevropaning eng chekka joylariga ham borib, aholini xristianlikka o'tkazadilar. Cherkovning bo'linishi. Rim imperiyasining G'arbiy va Sharqiy Rimga bo'linishi cherkovni ham ajralishiga olib keldi. Frank qiroli ko'magida 756-yilda Italiyada Rim papalari davlati - Papa viloyati tashkil topadi. Vizantiya cherkovi esa avvaldan davlatga bo'ysunuvchi, Konstantinopol patriarxi boshqaradigan diniy tashkilotga aylanadi. Cherkov va davlat. Yevropada V asrda boshlangan yer egaligi munosabatlariga o'tish jarayonidan cherkov ham chetda qolmaydi. Yevropada cherkov davlatning muhim tashkilotiga aylanib, uning siyosiy va iqtisodiy faoliyatiga aralashgan, sud vazifasini ham bajargan. Innokentiy II (1198-1216) papaligi davrida katolik cherkovi o'z qudrati cho'qqisiga erishadi. Innokentiy II Yevropada monastirlar IV asrda tashkil etilgan. Rohiblar toat-ibodatdan bo'sh paytlarida xattotlik bilan shug'ullanganlar. Dahriylarga qarshi kurash. Cherkov va uning ta'limotiga qarshi kishilar yeretiklar (yunoncha, «dahriylar») deb nomlangan. Bunday kishilar cherkovning boyliklari, hashamatli udum marosimlariga qarshi chiqib, soda cherkov g'oyasi tarafdorlari bo'lishgan. Xristian cherkovi dushmanlarini izlab topish va jazolash bilan shug'ullangan inkvizitsiya papa Grigoriy IX (1227-1241) davrida o'z qudratining cho'qqisiga erishgan. Inkvizitsiya faoliyati Ispaniyada, ayniqsa, keng tus oladi. Autodafe Unda mahkum etilganlarni gulxanda yondirish «autodafe» (portugalcha, e'tiqod yoki din ishi) ham qo'llaniladi. Savol va topshiriqlar 1. Yevropada xristian dini qachon tan olinib tarqala boshlagan? 2. Katolik va pravoslav cherkovlarining paydo bo'lish sabablarini ko'rsating. 3. O'rta asrlarda cherkov qanday o'rin tutgan? 4. Indulgensiya savdosini qanday tushundingiz? 5. Inkvizitsiya nima va ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.19 MB
Ko'rishlar soni
206 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.19 MB
Ko'rishlar soni
206 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx