Osiyo mamlakatlari madaniyati 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 14-mavzu Islom madaniyati va O'rta Osiyo Arab xalifaligi tomonidan istilo etilgan mamlakatlarda yangi - arab sivilizatsiyasi vujudga keldi. Xususan, xalifa Horun ar-Rashid saroyida IX asr boshlarida «Bayt ul-hikma» - «Donishmandlik uyi» tashkil etiladi. «Bayt ul-hikma» Yevropatibbiyoti esa XVII asrning o'rtalariga qadar bilim va amaliy tavsiyalarni O'rta Osiyoda yetishib chiqqan allomalar - Abu Ali ibn Sino va Abu Bakr ar-Roziy asarlaridan olgan. Vatandoshimiz Muhammad Xorazmiy (IX asr) matematika tarixida birinchi bo'lib algebra faniga asos soladi. Musulmon adabiyoti dastlab arab tilida yaratiladi. Keyinchalik X asrga kelib u fors tiliga tarjima qilina boshlaydi. Musulmon she'riyati yuksak darajaga erishib, uning ko'plab turlari shakllanadi. Xalifalikda san'atning barcha sohalariga nisbatan me'morchilik yuksak taraqqiy etgan. Granada (Ispaniya) dagi Al-Hamro saroyi, Kordova (Ispaniya)dagi masjid, Qohiradagi Hasan masjidi, Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi- arablar davri me'morchiligi durdonalari hisoblanadi. Kordova masjidining nAQSHindor shifti (gumbazi) Qohira. Hasan masjidi Musulmonlarning xattotlikdagi muvaffaqiyatlari hayratlanarli. Xattotlar ko'plab yozish usullarini ixtiro qilib, ulardan yozilayotgan matn mazmuniga qarab foydalanishgan. Musulmonlar turmush madaniyati o'zining nafisligi, yuksak didliligi bilan ajralib turgan. Ularning ayrim jihatlari keyinchalik yevropaliklar tomonidan qabul qilingan. Hind madaniyati Hind olimlari matematika, astronomiya, tibbiyot sohalarida katta yutuqlarga erishgan. Ayrim hind shaharlarida osmon jismlarini kuzatish uchun rasadxonalar qurilgan. Hind me'morchiligi o'zining rang-barangligi bilan ajralib turgan. Ulardan eng mashhuri miloddan avvalgi II asrdan - milodiy VII asrga qadar g'or ichida o'yib ishlangan Ajanta (Markaziy Hindiston) ibodatxonalari majmuasidir. Ajanta ibodatxonasiga o'yib ishlangan rasm Xitoy madaniyati. Eng qadimgi yozuvlardan birini ixtiro qilgan xitoyliklar, undan hozirga qadar foydalanib kelmoqdalar. Xitoy imperatorlari saroyida VII ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.46 MB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.46 MB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx