7-sinf Jahon tarixi Osiyo mamlakatlarining o'rta asr shaharlari taqdimot

7-sinf Jahon tarixi Osiyo mamlakatlarining o'rta asr shaharlari taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Jahon tarixi Osiyo mamlakatlarining o'rta asr shaharlari taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Osiyo mamlakatlarining o'rta asr shaharlari 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 17-mavzu O'rta asr shaharlari. Sharq mamlakatlari o'rta asrlarning rivojlangan davriga turli paytda o'tganlar. Dastlab ma'muriy markaz yoki harbiy qal'alar sifatida tashkil topgan o'rta asr shaharlari, hunarmandchilik va savdoning yuksala borishi bilan juda tez rivojlangan. Osiyoning eng yirik shaharlari: Chanyan, Loyan, Xanchjou, Kamakura, Kioto, Osaka, Dehli, Bag'dod, Buxoro va Samarqand edi. Dehli. Qutb Minor. XII asr Ularda maktablar, kutubxonalar tashkil qilingan, olimlar, shoirlar, rassomlar, musiqachilar yashab ijod qilganlar. Osiyoning yirik davlatlaridan biri Xitoyda o'rta asr shaharlarining vujudga kelishi va rivojlanishi IX-XII asrlarga to'g'ri keladi. Xeyyan shahri 1177-yilda yong'in natijasida vayron bo'ladi. Bu shahar qayta tiklanganidan so'ng Kioto nomini olib mamlakat poytaxtiga aylanadi. Osiyo shaharlari ham o'ziga xos taraqqiyot yo'lini bosib o'tgan. Jumladan, Xitoyda XI asrdayoq shaharsozlik yuksak darajaga ko'tarilgan. Sharq dunyosida Buxoro ham o'z o'rniga ega bo'lib, u islom dini, madaniyat, savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri sifatida shuhrat qozongan. Buxoro arki O'rta Osiyoning musulmon davlatlari shaharlari umumiy reja bo'yicha: markazida - ark, shahar hokimi qal'asi, uning atrofida - shahriston, asosiy aholi yashaydigan guzarlari bilan qurilgan. Sharq hunarmandlari ipak gazlamalari, zeb-ziynat buyumlarining katta qismini chet mamlakatlarga sotish uchun ishlab chiqarganlar. Xitoyda barcha ustalar sex a'zosi bo'lishlari majburiy etib qo'yilgan. Hunarmandchilikning eng muhim sohalari Xitoyda yuksak taraqqiyotga erishgan. Xususan, faqat xitoyliklar 600-700 kishi va yana ko'plab yuk sig'adigan yirik kemalar - jonkalarni qurishgan. Jonka Buyuk Ipak yo'li chorrahasida joylashgan O'rta Osiyo shaharlari tranzit savdo markazlari edi. Chet ellik savdogarlar Samarqand qog'ozi va gazlamalarini, G'ijduvon kulolchiligi buyumlari-yu, marvlik ustalar gazlamalari va kiyimlarini yuqori baholaganlar. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.53 MB
Ko'rishlar soni 239 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.53 MB
Ko'rishlar soni 239 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga