Rus knyazliklari 7-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 29-mavzu Feodal tarqoqlik. Rus knyazliklari tarqoq va o'zaro qonli urushlar girdobida edi. Bundan foydalangan qipchoqlar hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirar, Ayrim knyazlar qipchoqlar bilan ittifoq tuzib, qo'shni knyazliklarga qarshi yurishlar ham qilardi. Kiyev knyazi Yaroslav Donishmandning o'g'li Vladimir Monomaxning 1097-yilda Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdini chaqirishi ham, asosan, o'zaro urushlarga chek qo'yishga mo'ljallangan. Lyubechdagi syezd. Vladimir Monomaxning Kiyev knyazi Svyatopolk bilan uchrashuvi Syezdning «har kim o'z yeriga egalik qilsin », degan muhim qarori o'zga knyazliklarga qarshi bosqinlarni to'xtatishni ko'zda tutgan edi. U avvalgidek rus yerlarini o'g'illariga istaganicha bo'lib berish huquqidan voz kechishga majbur bo'ladi. Ayni paytda Kiyev knyazining mavqei pasayadi. Kiyev Rusi siyosiy tarqoqlik davriga kiradi. XII asr o'rtalarida nizolar kuchayib boradi. Rusda bu paytda 15 ta mustaqil knyazlik bo'lgan. Botuxon bosqinlari arafasida esa ularning soni 50 taga yetgan. Novgood Respublikasi. Novgorod Kiyev bilan aloqasini uzgan dastlabki knyazlik bo'lgan. XI asrda vujudga kelgan Novgorod, keyinchalik faqat Rusninggina emas, Yevropaning ham yirik hunarmandchilik va savdo markaziga aylandi. Novgorod knyazligiga, an'anaga ko'ra, XI asrda noiblikka Kiyev knyazining to'ng'ich o'g'li qo'yilgan. Lekin yillar o'tib mahalliy boyarlar ta'siri kuchayib, ular knyaz hokimiyatini cheklay boshlaydilar. Novgorodliklar vechesi Monomaxning nabirasi Vsevolod Mstislavichni 1136-yilda knyazlik taxtidan chetlatib, zindonga tashlashga qaror qiladi. Vsevolod Mstislavich Vladimir-Suzdal knyazligi. Moskva. Mahalliy boyarlarning markaziy hokimiyatga qarshi kurashi XII-XII asrlarda Kiyev, Galich-Volin, Vladimir-Suzdal knyazliklarida ham kuzatiladi. Vladimir Monomaxning o'g'li Yuriy Dolgorukiy XII asrda Volga va oka daryolari havzasidagi yerlarni boshqarar edi. Knyazlikda Rostov, Suzdal, Yaroslavl, Vladimir kabi shaharlarga asos solinadi. Moskva. Yuriy Dolgorukiyga o'rnatilgan haykal Knyaz ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.26 MB
Ko'rishlar soni
207 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.26 MB
Ko'rishlar soni
207 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx