Rus knyazliklarida markazlashish jarayonlari 7-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 31-mavzu Markazlashish omillari. Mo'g'ullar istilosi natijasida Rus yerlari og'ir talafot ko'rgan bo'lsa-da, iqtisodiy rivojlanish butunlay to'xtab qolmaydi. Rus shaharlarida hunarmandchilik va savdo-sotiqning jonlanishi, turli viloyatlar orasidagi aloqalarning kuchayishi, qishloq xo'jaligidagi siljishlar Rus yerlarining birlashishiga yordam beradi. Mamlakatning birlashishiga tashqi dushmanlarga, jumladan, Oltin O'rda xonlariga qarshi kurash ham ta'sir etadi. Rus yerlarining birlashuvi. XIV asrning boshlarida Vladimir knyazligining Tver va Moskva shaharlari rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi. Oltin O'rda xoni yorlig'iga binoan Rus yerlaridan soliq yig'ish masalasida Tver va Moskva knyazlari o'rtasida jiddiy kurash ketadi va, oqibatda, knyazlardan bir nechtasi mo'g'ullar qo'lida o'lim topadi. Bu kurash faqat knyaz Ivan Kalita (1325-1340) davrida uzil-kesil Moskva foydasiga hal bo'ladi. Ivan Kalita Moskva knyazlari XIV asrning o'rtalariga kelib ancha kuch to'playdi. Bu kuch bilan Oltin O'rdaga qarshi kurashish ham mumkin edi. XIV asrning o'rtasidan Oltin O'rda ham siyosiy nizolar davriga kirib, u 20 yil davom etadi. Mo'g'ullarga qarshi kurashda Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich 1378-yilda Voje daryosi bo'yida dastlabki g'alabaga erishadi. Dmitriy Ivanovich Don daryosi sohilidagi Kulikovo maydonida knyaz Dmitriy qo'shinlari 1380-yilning sentyabrida Oltin O'rda tumanboshisi Mamay boshchiligidagi qo'shin ustidan yana bir g'alaba qozonadi. Bu g'alaba sharafiga Moskva knyazi Donskoy faxriy nomini oladi. Ammo oradan ikki yil o'tib To'xtamishxon yana Moskva ustidan hukmronligini o'rnatadi. Sohibqiron Amir Temurning Oltin O'rda ustidan 1391-yilda Qunduzcha, 1395-yilda Tarak daryosi bo'yidagi janglardagi g'alabalari Rus yerlari va Sharqiy Yevropaxalqlarining mo'g'ullar zulmidan ozod etilishida hal qiluvchi omillardan bo'ladi. Amir Temur haykali Knyaz Ivan II davrida 1480-yilda Moskva Oltin O'rdaga ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.81 MB
Ko'rishlar soni
243 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.81 MB
Ko'rishlar soni
243 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx