Ruslarning bosqinchilarga qarshi kurashi 7-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 30-mavzu Chingizxon O'rta Osiyo va Eronning shimolini istilo qilganidan so'ng mo'g'ullar 1223-yilda rus yerlariga ham bostirib kiradi. Mo'g'ullar rus askarlarini otliq qo'shin harakati uchun qulay maydonga chiqarib, tor-mor qiladi Mo'g'ullarning Rus yerlarini istilo qilishi Chingizxonning nabirasi Botuxon 1237-1242-yillarda Sharqiy Yevropada istilochilik urushlari olib baradi. Uning qo'shinlari dastlab Rus knyazliklarini, keyinchalik Polsha, qisman Serbiya va Bolgariyani istilo qilishadi. Rusdagi feodal tarqoqlik mo'g'ullarga qo'l keladi, dastlab Volga bo'yi shaharlari, so'ng Kiyev 1240-yilda olinadi. Botuxon yangi bosib olingan hududlarda Oltin O'rda xonligini tuzadi. Uning dastlabki poytaxti Saroy Botu Volga daryosining quyi oqimida, hozirgi Astraxan shahri yaqinida bo'lgan. Botuxon bo'ysundirilgan aholidan soliq va to'lovlar- ni tezroq to'play boshlash uchun Yaroslavni «knyazlar oqsoqolligi»ga tayinlab, unga Vladimir knyazligini boshqarish yorlig'ini beradi. Mo'g'ullar istilosi rus davlatining iqtisodiy va madaniy yuksalishiga salbiy ta'sir o'tkazib, uning taraqqiyotini susaytirdi. XII asrning boshlarida Boltiqbo'yida yashovchi est va lit qabilalariga qarshi nemis feodallari urush olib boradi. Nemis ritsarlari estlar yerlarini egallaganidan so'ng, Novgorod- Pskov chegaralariga yaqinlashadi. Nemis ritsarlaridan so'ng shved feodallari ham faollashadi. Ushbu sharoitda Novgorod knyazi Aleksandr Yaroslavich 1240-yilning 15-iyo'lida Neva daryosi sohilidagi jangda shvedlar ustidan g'alaba qozonadi. Bu g'alaba sharafiga knyaz Aleksandrga Nevskiy nomi beriladi. Aleksandr Yaroslavich Novgorod-Pskov knyazligining mo'g'ullar e'tiboridan chetda qolgan boy yerlari nemis ritsarlarini ham o'ziga jalb etadi. Nemislar qo'shini 1240-yilda Pskovni egallaydi. O'sha yilning qishida nemis ritsarlari Novgorod chegaralariga yaqinlashadi. Bu sharoitda Novgorod himoyasiga yana Aleksandr Nevskiy boshchilik qiladi. Knyaz Suzdal qo'shinlari ko'magida Pskov va uning atrofidagi yerlarni ozod qiladi. Hal qiluvchi jang 1242-yilning aprelida Chud ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.88 MB
Ko'rishlar soni
398 marta
Ko'chirishlar soni
70 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.88 MB
Ko'rishlar soni
398 marta
Ko'chirishlar soni
70 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx