Sharqiy Slavyanlar. Kiyev rusi 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 8-mavzu Sharqiy slavyan qabilalari: drevlyanlar, rodimichlar, tiverlar, dregovichlar, vyatichlar, sevoryanlar va hoka'zolar ilk o'rta asrlarda Dnepr daryosi havzasida yashaganlar. 30.07.2019 2 Keyinchalik aynan shu qabilalar birlashuvidan Kiyev Rusi davlati vujudga kelgan. Arxeologlar slavyanlarning dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanganliklarini qazishmalardan topilgan mehnat qurollari, 30.07.2019 3 kulolchilik buyumlari, jez va kumushdan yasalgan zeb-ziynatlar orqali aniqlashgan. Vizantiyada VII asrda yozilgan Ziroatchilik qonunlariga ko'ra, qishloq jamoasining a'zolari - erkin dehqonlarning yerlari alohida bo'lib, ular bug'doy, tariq, arpa va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar. 30.07.2019 4 Yilnomalarda yozilishicha, Sharqiy slavyan qabilalari varyaglarga (skandinaviyalik normannlarga) elchi jo'natib, ulardan o'zlariga knyaz yuborishlarini so'raydi. 30.07.2019 5 Bu taklifga binoan uch aka-uka: Ryurik, Sineus va Truvorlar Rusga kelib, Ryurik Novgorodda, Sineus Beloozeroda, Truvor Izborskda knyazlik qiladilar. 30.07.2019 6 Aka-uka Ryurik, Sineus va Truvorlarning Rusga kelishi Igor 945-yilda drevlyan qabilalari bilan to'qnashuvda halok bo'lganidan so'ng, uning rafiqasi Olga o'g'li Svyatoslav balog'atga yetgunicha Kiyev knyazligini boshqargan. 30.07.2019 7 Kiyev Rusi hukmdori Olga Yilnomalarda yozilishicha, Svyatoslav 964-yilda 22 yoshida knyazlik taxtiga o'tirgach, Sharqqa yurish boshlagan. 30.07.2019 8 Svyatoslavning vorislari orasidagi kurash so'ngida Vladimir (980- 1015) taxtni egallaydi. 30.07.2019 9 Buyuk knyaz Vladimir Rus tarixida Vladimir istilochi emas, balki 988-yilda ruslarni xristian dinini qabul qildirgan hukmdori sifatida qadrlanadi. Donishmand nomini olgan Yaroslav davrida rus yerlarining dastlabki yozma qonunlari to'plami - «Rus haqiqati» tuzilgan. 30.07.2019 10 Yaroslav huzurida aholiga «Rus haqiqati» o'qilmoqda «Rus haqiqati»ga fuqarolik va jinoiy ishlar bo'yicha qonunlar kiritilgan. 30.07.2019 11 «Rus haqiqati»dagi ko'pchilik moddalarda jarima to'lash ko'zda tutilgan. Qipchoq xonlari zarur paytda o'n ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.06 MB
Ko'rishlar soni
226 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.06 MB
Ko'rishlar soni
226 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx