7-sinf Jahon tarixi Slavyanlar va ularda davlatlarning tashkil topishi dars taqdimot

7-sinf Jahon tarixi Slavyanlar va ularda davlatlarning tashkil topishi dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Jahon tarixi Slavyanlar va ularda davlatlarning tashkil topishi dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Slavyanlar va ularda davlatlarning tashkil topishi 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 7-mavzu Slavyanlar. Yozma manbalarda vizantiyalik tarixchilar tomonidan «slavyanlar» atamasi VI asrdan boshlab ishlatilgan. VI-VII asrlarga kelib, slavyanlar g'arbda Elba daryosidan, sharqda Visla daryosiga qadar, shimolda Boltiq dengizidan, janubda Dunay daryosiga qadar cho'zilgan hududlarda yashaganlar. Keyingi asrlarda ular uch guruhga: g'arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bo'lingan. G'arbiy slavyanlar - chexlar, polyaklar va slovaklar. Janubiy slavyanlar - bolgarlar, sarblar, xorvatlar, slovenlar, chernogorlar, makedonlar va bosniyaliklar. Sharqiy slavyanlar - ruslar, ukrainlar, beloruslardan tashkil topgan. Sharqiy slavyanlar hayotidan 1. 2 3 Slavyanlar qadimdan dehqonchilik bilan shug'ullangan. Vizantiya tarixchisi Mavrikiyning yozishicha, dehqonlar boshoqli ekinlardan ko'proq arpa va tariq ekkanlar. Slavyanlarning ijtimoiy tuzumi germanlarnikiga o'xshash. Ular qabila va urug'larga bo'linib yashaganlar. Slavyanlar yashagan hududdagi ilk davlat Bolgariya podsholigidir. Bulg'orlar xoni Asparux IX asr boshlariga kelib yirik davlatga aylanadi. U Bolqon yarimorolida VII asrning oxirlarida tuzilgan. Chexiya davlati. Mahalliy slavyan qabilalari Vltava daryosi havzasida yashagan chex qabilalariga bo'ysungan (rivoyatlarga qaraganda, ularning qadimgi yo'lboshchisini Chex deb nomlaganlar). Chex qabilasi Knyaz Vatslav (920-935) yoshligidan xristian aqidalari bo'yicha tarbiyalangan, keyinchalik bor kuchi bilan dinning Chexiyada yoyilishiga harakat qilgan. Knyaz Vatslav Yillar o'tib Vatslavni chexlarning milliy avliyosi, chex davlatining homiysi sifatida e'zozlay boshlashgan. Rim papasiga qarshi og'ir kurashda unga yordam bergan chex knyaziga german imperatori XI asr oxirida qirol unvonini taqdim etgan. Chexiya qirollari german imperatorlari hokimiyatini rasman tan olsa-da, o'z mamlakatlarida deyarli to'la mustaqil bo'lganlar. Polsha davlati Gnezno atroflarida yashagan polyan slavyan qabilalari bo'lajak Polsha davlatiga asos soladi. Keyinchalik ushbu qabilalar ittifoqi nomida vujudga kelgan knyazlik Polsha deb atalgan. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.55 MB
Ko'rishlar soni 241 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:14 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.55 MB
Ko'rishlar soni 241 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga