Usmonli turklar davlati 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 35-mavzu Usmonlilar davlatining tashkil topishi. Usmon beyligi Kichik Osiyoning shimoli-g'arbiy hududida tashkil topgan edi. Keng istilolar Usmonlilar qo'shiniga boshqa qabilalardan ham jangchilarning kelib qo'shilishini ta'minlaydi. Usmonli turklar harbiylari Sulola asoschisi Usmon (1299-1326) davrida qator yurishlar uyushtirilib, Bursa shahri va uning atroflari bosib olinadi. Dastlab beylikning boshqaruv tuzumi juda sodda bo'lgan. Xususan, bey unvoni Usmon va O'rxonga qabila boshliqlari yig'inida berilgan. O'rxonning boshqaruvi paytida ilk bor vazir lavozimi ta'sis etiladi. Tanga pul zarb qilinib, davlat yerlari ma'muriy birliklarga bo'linadi. Turk tanga pul Bolqon yarimorolidagi istilolar. Usmonlilar istilosiga qadar Bolqon yarimorolida: Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya kabi yirik davlatlar mavjud edi. Bolqondagi dastlabki bosqinlar XIV asr o'rtalarida bo'lgan. Turklar uning asosiy qismini keyingi o'ttiz yil davomida egallaydilar. Turk sultoni Boyazid (1389-1402) bu janglarda o'zining tezkor g'alabalari bilan shuhrat qozonib - Yildirim (yashinday tez, shiddatli) nomini oladi. Boyazid Yildirim bilan Amir Temur o'rtasidagi Anqara jangi. O'rta asr arab miniatyurasidan Sultonning Konstantinopolni qamal qilishi Yevropani sarosimaga solib qo'yadi. Ayni paytda Amir Temurning Boyazidga qarshi Kichik Osiyo yurishi boshlanadi. 1402-yilning yozida Anqara yaqinidagi jangda sohibqiron qo'shinlari Boyazid lashkarini yengadi. Usmonlilar sultoni Mexmet II yuz minglik qo'shini bilan Konstantinopolni qamal qiladi. 1453-yilning mayida Konstantinopol turklar tomonidan olinadi. Vizantiyaning so'nggi imperatori jangda halok bo'ladi. Mexmet II Yevropava Osiyoni bog'lab turgan savdo yo'llari ustidan nazorat Vizantiya poytaxti olinishi bilan turklar qo'liga o'tadi. Keng istilochilik yurishlari Usmonlilar imperiyasining tashkil topishi bilan yakunlanadi. Usmonli turklar qudrati yaxshi tashkil etilgan otliq va piyoda qo'shin, lashkarboshilik xususiyatlariga ega sultonlar, hukmdorga sadoqatli yanicharlar piyoda qo'shinining ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.1 MB
Ko'rishlar soni
302 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.1 MB
Ko'rishlar soni
302 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx