7-sinf Jahon tarixi fanidan Vizantiya g'arb va sharq orasida dars ishlanma

7-sinf Jahon tarixi fanidan Vizantiya g'arb va sharq orasida dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Jahon tarixi fanidan Vizantiya g'arb va sharq orasida dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Fan: Jahon tarixi- 7-sinf Sana: Sinf: 7- V Mavzu: Vizantiya: G'arb va Sharq orasida Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: o'quvchilarga VI-XI asrlarda Vizantiya imperiyasi haqida ma'lumot berish.dars davomida davlatning tashkil topishi,aholisi,shaharlari,vasilevs hokimiyati,madaniyati,Yustinian I hukumronligi haqida bilimlarga ega bo'ladilar.Tarixiy davr va yil hisobini o'rganadilar,geografik makon haqida ma'lumotga ega bo'lishib, tarixiy voqelikni tushunish va tushuntirish kompetensiasi shakllantiriladi. Rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarni VI-XI asrlarda Vizantiya imperiyasi va ijtimoiy tuzumi haqida fikrlay olishga o'rgatish.Mavzudagi tushunchalarni o'tilgan mavzular bilan bog'lay olishini rivojlantirib,dars jarayonida jamoa bilan ishlay olish kommunikativ kompetensiyasi rivojlantirib boriladi. Tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarni tarixga hurmat bilan qarashga o'rgatish.Xalqlarning tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini asrab-avaylash milliy va umummadaniy kompetensiyalarini dars jarayonida singdirib borish. Dars turi: nazariy, ko'rgazmali,yangi bilimlar berish. Dars metodi: aqliy hujum, guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili Dars jihozi: darslik, tarqatma materiallar, tarixiy va zamonaviy siyosiy xarita, mavzuga oid rasmlar, doska. Darsning borishi: I.tashkiliy qism: a) salomlashish; b) davomatni tekshirish; c) darsga tayyorlanish II .O'tilgan mavzuni takrorlash: Uyga berilgan topshiriq tekshiriladi.O'tilgan mavzu aqliy hujum savollari berib takrorlanadi: 1.Qachon gersog Genrix qirollikka saylandi? 2. Genrix qaysi knyazlik gersogi edi? 3. Genrix bilan tarixda qaysi sulola o'rnatiladi? 4. Genrix I qirol bo'lib qanday ishlarni amalga oshiradi? 5. Otton I imperiya tarixida qanday iz qoldirgan? 6. Qachon Muqaddas Rim imperiyasi davlati tuzilgan? 7. Dunyo mo'jizasi kim edi? 8. Otton II qanday orzu-istaklar bilan yashagan? Yangi mavzuni tushuntirish: Reja: 1. Imperiyaning tashkil topishi 2. Vasilevs hokimiyati 3. Ellinizm 4. Vizantiyaning oltin asri 5. Yustinian I harbiy yurishlari Imperiyaning tashkil topishi. 395- yilda qadimgi Rim imperiyasi g'arbiy va Sharqiy qismlarga bo'linib ketdi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 3.03 MB
Ko'rishlar soni 306 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:14 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 3.03 MB
Ko'rishlar soni 306 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga