Xitoy 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 38-mavzu Sun sulolasining (960-1279) hokimiyatga kelishi bilan Xitoyda uzoq davom etgan siyosiy tarqoqlik va o'zaro urushlarga chek qo'yildi. Rivojlangan o'rta asrlarda Xitoyda imperator, harbiy zodagonlar, amaldorlarga qarashli davlat yerlari kamayib, zamindorlarning xususiy yerlari tobora ko'payib borgan. Xitoyda erkin dehqonlarning aksari qismida 30-40 mu yer bo'lib, davlat bu tabaqani qo'llashga intilgan. Xitoy dehqonlari o'zlari yetishtirgan mahsulotlaridan davlatga har yili ikki marta soliq to'laganlar Xitoy savdosida suv yo'llari alohida ahamiyat kasb etgan. Xitoyning janubida hunarmand-to'quvchilar shoyi gazlamalarning o'nlab xillarini tayyorlaganlar. XII asrda ipakdan shoyi so'zana - panno to'qish ixtiro qilinib, keng tarqalgan. Xitoyda paxtachilik ham tobora keng rivojlanib, XIV asrdan undan gazlama tayyorlash yo'lga qo'yila boshlagan. Dastlab Xitoyning shimolida tuzilgan mo'g'ullar davlati Xubilay xonligi davrida o'z ta'sirini mamlakatning markaziy va janubiy hududlariga ham o'tkazadi. Xubilay mamlakatni boshqarishning xitoycha usulini qo'llasa-da, mahalliy amaldorlar xizmatidan voz kechadi. Yevropalik savdogarlar Xubilay qabulida Mo'g'ullar imperiyasining inqirozi boshlanishi bilan XIV asrning o'rtalaridan Xitoyda ham xalq ozodlik harakati kuchayadi. Qo'zg'olonga rohib Chju Yuan-Chjan boshchilik qiladi. 1368-yilda mo'g'ullardan ozod bo'lgan Xitoyda Yuan Chjan asos solgan Min imperiyasi faoliyati boshlanadi. Xitoy imperatori Yuan Chjan Min qo'shinlari mo'g'ullarni ta'qib etib, ularning poytaxti Qoraqurumni egallab, yondirib yuboradi. Shu tariqa ko'chmanchilarning Xitoyga hujumlariga chek qo'yiladi. Xitoy XV asrda. XV asrning boshlaridan Min sulolasining Amir Temur saltanati bilan munosabatlari buziladi. Faqat Amir Temurning qo'qqisdan vafot etishi Xitoyga qarshi yurishning amalga oshmasligiga sabab bo'ladi, bu esa Xitoyga 1406-yilda Vyetnamni, keyinchalik Mo'g'ulistonni istilo qilishiga yo'l ochadi. Min sulolasi Mamlakatning iqtisodiy yuksalishi Chjan Xe boshchiligidagi harbiy dengiz floti faoliyatida namoyon bo'ladi. ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.49 MB
Ko'rishlar soni
271 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.49 MB
Ko'rishlar soni
271 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx