Yaponiya 7-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 39-mavzu Ijtimoiy munosabatlar. Yaponiyada yer egaligi munosabatlari XI-XII asrlarda uzil-kesil shakllangan. Bu paytga kelib yer egalari mulklari - syoyenlar vujudga kelgan. Bunday yerlar merosiy bo'lib, syoyenlar barcha soliqlardan ozod etilgan. Zamindorlar o'z yerlarini kambag'al dehqonlarga ijaraga berishgan. Yaponiyada yirik yer egalari ma'lum toifalarga bo'lingan. Ulardan eng nufuzlilari - xanke deb nomlangan. Ularning vassallari ryokalar bo'lgan. Harbiy bo'linmalar jangchilari esa - samuraylar deb nomlangan. Ularga xo'jayinlari harbiy xizmat evaziga yer-mulk berganlar. Yillar o'tib Yaponiya samuraylarining bir qismi Yevroparitsarlari kabi alohida toifa, mayda dvoryanlarga aylangan. Mamlakatning siyosiy tuzumi. Yaponiyani XII asrdan mikado - imperator boshqargan. U mamlakatdagi barcha yerlarning egasi hisoblangan. Zodagonlar esa uning amaldorlari va noiblariga aylangan. Imperator hokimiyati zaiflana borib, ko'p o'tmay real hokimiyat mamlakatdagi eng kuchli mulkdor, harbiy qo'mondon - syogun qo'ligà o'tgan. Dastlab syogunlik XII asr oxiridan mahalliy mulkdorlardan biri Minamoto tomonidan o'rnatilgan. U samuraylardàn tuzilgan qo'shini bilan raqiblàrini yengib, imperator poytaxti Kiotoni qo'lga kiritadi. Minamoto Lekin Minamoto davlatni o'zining Kamakuradagi qal'a - saroyidan turib boshqaradi. Shu tariqa Yaponiyada qo'sh hokimiyatchilik paydo bo'ladi. Kamakuradagi qal'a Mamlakatda dehqonlarning ahvoli nihoyatda og'ir edi. Soliqlarning ko'payib borishi xalqni juda qiynagan. Yaponiyada o'rta asrlarda shaharlar o'sib, ularda hunarmandchilik va savdo rivojlangan. Yaponlar xitoyliklardan shoyi ipak, metallar, lak ishlab chiqarishni o'zlashtirib olganlar. Manbalarda yozilishicha, 1483-yilda savdogarlar chet mamlakatlarga 67 ming dona qilich olib ketganlar. Yaponlar Koreya, Xitoy, Vyetnam, Tailand, Filippin bilan qizg'in savdo olib borganlar. Mamlakatda - Sakai, Xyogo, Xakata, Nagasaki kabi yirik, aholi zich yashaydigan port shaharlar bor edi. Savol va topshiriqlar 1. Yaponiyada XI-XII ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:43:35
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.69 MB
Ko'rishlar soni
317 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:43 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.69 MB
Ko'rishlar soni
317 marta
Ko'chirishlar soni
47 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx