7-sinf Jahon tarixi fanidan VI-XI asrlarda Yevropa madaniyati mavzusida dars ishlanma va taqdimot
DARS REJASI : DARS VAQTI 45-MINUTGA MO'LJALLANGAN MAVZU: VI - XI asrlarda Yevropamadaniyati VI - XI asrlarda Yevropamadaniyati mavzusida dars ishlanmasi Darsning maqsadi: 1)Ta'limiy maqsad: O'quvchilarda VI - XI asrlarda Yevropamadaniyati haqidagi tushunchalarni shakllantirish. 2) Tarbiyaviy maqsad:O'quvchilarda o'tmish madaniyati haqida tushuncha shakllantirish orqali o'rnak olish xissini uyg'otish va o'quvchilarning madaniyatini rivojlantirish. 3) Rivojlantiruvchi maqsad :O'quvchilarga Vizantiya madaniyati, tasviriy san'at va memorchilik, cherkov va muorrif to'g'risida tushuncha berish Darsning turi :VI - XI asrlarda Yevropamadaniyatidan o'quvchilarni boxabar qilish va o'sha davr kashfiyotlari bilan tanishtirish Darsning metodi: O'quvchi markazda bo'lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar.Bu uslublar qo'llanilganda o'qituvchi o'quvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. O'quvchi markazda bo'lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi: - ta'lim samarasi yuqoriroq bo'lgan o'qish-o'rganish; - o'quvchini yuqori darajada rag'batlantirilishi; - ilgari ortirilgan bilimni ham e'tiborga olinishi; - o'qish shiddatini o'quvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi. - o'quvchining tashabbuskorligi va mas'uliyatining qo'llab-quvvatlanishi; - amalda bajarish orqali o'rganilishi; - ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi; - o'qishni sog'lom muhitda saqlab qolinishi; - o'qituvching yengillik yaratib beruvchi shaxsga aylanishi. O'quvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Shu sababdan, o'quvchining bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish uchun yetarli darajada o'quvchilar ishtiroki va amaliyoti mavjud bo'ladi. Bu uslublar asosan o'qituvchining turli faoliyat shakllari orqali amalga oshiriladi Guruhlardagi muhokama usuli Ushbu o'qitish uslubi o'qituvchining juda oz «so'zlashiga» imkoniyat yaratadi va vaqtning asosiy qismi o'quvchilarning o'zaro muhokamalariga bag'ishlanadi. qachonki o'quvchilar mavzu haqida qandaydir darajada bilimga ega bo'lsalar bu uslubdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xatto mavzu haqida tasavvurga ega bo'lmagan holda, yoki mashg'ulotlar avvalida o'rganilgan bilimni takrorlash uchun ham foydalanishlari ...