8-sinf Jahon tarixi Angliyada burjua inqilobining boshlanishi dars taqdimot

8-sinf Jahon tarixi Angliyada burjua inqilobining boshlanishi dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Jahon tarixi Angliyada burjua inqilobining boshlanishi dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Angliyada burjua inqilobining boshlanishi 8-sinf Jahon tarixi darsligi asosida 11-mavzu Angliya inqilob arafasida. XVI asr Angliya uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Dengizdagi yakka hukmronlik uning chet ellar bilan savdo-sotiq ishlarini tobora kengaytirib bordi. London tashqi savdoda monopol huquqni qo'lga kiritdi. Natijada bu shaharda badavlat savdogarlar guruhi vujudga keldi. Ichki savdo ham rivojlandi. 1600- yilda Londonda dastlabki birja ochildi. Qishloq xo'jaligida ham bozor munosabatlarining qaror topishi tezlashdi. Bu omillarning barchasi katta mavqega ega bo'lgan o'rta tabaqaning shakllanishiga olib keldi. O'rta tabaqa vakillari qirol hokimiyatini inkor yetmagan. Aksincha, uning parlament bilan hisoblashishining tarafdori bo'lganlar. Inqilobning sabablari. Angliya qiroli mamlakat parlamenti va «isloh qilingan din» cherkoviga qarshi kurash boshladi. Qirol Yakov I ning maqsadi parlament mavqeini yo'qqa chiqarish va eski feodal tartiblarni saqlab qolish edi. Qirol Yakov I Karl I qirolligi davrida (1625-1649) ham vaziyat o'zgarmadi. Aksincha, Karl I Fransiya monarxi kabi cheklanmagan huquqqa ega bo'lishga intildi. U jamiyatda yuz berayotgan o'zgarishlarni tushunish va ularni qabul qilishni istamadi. 1628-yilda parlament qirolning «Huquqlar to'g'risidagi bill» va «Huquqlar to'g'risidagi petitsiya»ni imzolashiga erishdi. Parlament amalda ularning qo'lida edi. Inqilobning boshlanishi. Shunday sharoitda qirol muxolifatning talabi bilan parlamentni chaqirishga majbur bo'ldi. 1640- yilning 3- noyabrida parlament ish boshladi. Karl I ning o'zi istamagan holda bularga rozilik berishdan boshqa iloji qolmadi, biroq u qulay fursat poylardi. 1641- yilda parlamentning «Buyuk remonstratsiya» deb nomlangan hujjatni qabul qilishi qirol va parlament munosabatlarini yanada keskinlashtirib yubordi. Shu tariqa 1642- yilning boshlariga kelib Karl I bilan parlament o'rtasida uzil-kesil ajralish ro'y berdi. Endi qirol isyonkor parlamentni jazolashga va muxolifat rahbarlarini hibsga olishga qaror qildi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.88 MB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:20 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.88 MB
Ko'rishlar soni 206 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga