Angliyada qirol hokimiyatining kuchayishi 8-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 5-mavzu Mutlaq monarxiya. Mutlaq monarxiya (absolutizm) - oliy hokimiyatning huquqi hech qanday qonun bilan cheklanmagan yagona bir shaxs - monarx qo'lida to'planishidir. Mutlaq monarxiya mamlakat tarqoqligiga barham berdi. Chunonchi, qirol Genrix VII Tyudor (1509-1547) butun mamlakatni yagona markaz - Londonga bo'ysundirdi. Genrix VII Tyudor Toifaviy-vakillik organi bo'lmish parlament butunlay bo'lmasa-da, o'z ahamiyatini yo'qotdi. Yangi soliqlar joriy etish masalasidagina parlament roziligining shartligi belgilab qo'yildi. Angliya qirollari veto huquqiga ega edilar. Bu huquq ularga parlamentning har qanday qarorini taqiqlay olish imkonini berardi. XVI asrning Angliya tarixidagi o'rni. XVI asr Tyudorlar sulolasi asri bo'ldi. Bu yuz yillik Angliya tarixida chuqur iz qoldirgan uch yirik tarixiy hodisa bilan ajralib turadi. Angliyada reformatsiya qirol Genrix VII hukmronligi davriga to'g'ri keldi. Angliyada reformatsiya xalqning talabi bilan emas, balki qirolning xohish va irodasi bilan amalga oshirildi. Genrix VII qirol hokimiyatini yanada mustahkamlash uchun cherkovni yerdan va boshqa mol-mulklardan mahrum etish haqida farmon chiqardi. Ularga qarashli bo'lgan yerlarning 23 qismi sotib yuborildi. Kontrreformatsiya. Genrix VII ning qizi Mariya o'z hukmronligi davrida (1553-1558) kontrreformatsiya o'tkazishga urindi. U o'zining cherkov boshlig'i ekanligidan foydalanib, protestantlikni shakkoklik deb e'lon qildi va katolik cherkovini tiklashga kirishdi. Angliya Yelizaveta hukmronligi davrida (1558-1603). Yangi qirolicha ajoyib shaxsiy sifatlarga, kuchli irodaga va qobiliyatga ega edi. Yelizaveta I protestantlikni davlat dini deb e'lon qildi. Qirolichaning o'zi «Cherkov va dunyoviy ishlarning oliy hukmdori» unvonini oldi. Yelizaveta I Cherkov ibodatlari endi xalqning katta qismiga tushunarsiz bo'lgan lotin tilida emas, balki ingliz tilida o'tkaziladigan bo'ldi. Yelizaveta I ning asosiy vazifalaridan ...

Joylangan
23 Aug 2022 | 07:49:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.92 MB
Ko'rishlar soni
371 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Aug 2022 [ 07:49 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.92 MB
Ko'rishlar soni
371 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:20 ]
Arxiv ichida: pptx